Ishxona haqida latifalar

Boshliq xonasiga ayol kishi kirdi.
— Mumkinmi?
— Keling xizmat?
— Men sizning haydovchingiz Shoqosimni xotiniman. Erim menga xiyonat qilyapti!
— Siz buni qayerdan bildingiz?
— Kecha kostyumining cho‘ntagidan manabu ayollar ich kiyimini topib oldim!
Boshliq:
— Haydovchim hozir ustaxonada. Buni menga tashlab keting. O‘zim Shoqosim bilan gaplashaman, - debdi.
Boshliq ich kiyimni portfeliga solibdi. Ishlari ko‘payib ketib, haydovchisi bilan gaplashish esidan ham chiqib ketibdi.
Kechki payt uyiga kelsa, xotini:
— Dadasi, uyda non tugabdi. Pul bering, non olib kelay, - debdi.
Boshliq:
— Pul portfelimda, olaqol, - debdi. Xotini sumkani ochib, ich kiyimga ko‘zi tushibdi:
— Dadasi, bu kiyimimni uch kundan beri topolmayman. Sizda ekan-da, - dermish.
Xotin eriga debdi:
— Adasi, ishdan qaytishingizga somsa va palov pishirdim, yeysizmi?
Er:
— Albatta, kun bo‘yi faqat shular haqida o‘yladim...
Xotin:
— Men haqimda-chi?!
Er:
— Albatta seni ham esladim. Axir somsa va palovni sen pishirasan-ku!
Uyida qo‘l telefonini unutib qoldirgan er ishxonadan xotiniga qo‘ng‘iroq qilyapti:
— Azizim, telefonimni o‘chirib qo‘ysang. Jiringlayverib seni bezovta qiladi.
Xotini:
— Sizga Alisherdan SMS keldi. Bugun tunda kutar emish...! Ko‘ziga uyqu kelmayotgan ekan...! – debdi jahl bilan.
Eri:
— Meni uyga kirgizmaysanmi??? – desa, xotini:
— Nega endi!? Bugun kechasi uxlashingiz uchun darvozani yoniga joy tayyorlab qo‘ydim! – dermish.
Ishga kirish vaqtida suhbat. Ish beruvchi:
— Institutda o‘rgangan hamma bilimlaringizni unuting! Amaliyotga umuman to‘g‘ri kelmaydi.
— Men institutda o‘qimaganman.
— Unda sizni ishga ololmaymiz. Bizga oliy ma’lumotlilar kerak.
— Bilasanmi, pul topish uchun hattoki nimaga borganman?
— Nimaga?
— Ishga borganman!
Ishga yana kech qolib kelgan xodimning oldidan rahbar chiqib so‘rabdi:
— Xo‘sh, bu safar nimani bahona qilasiz?
— Aytsam ishonmaysiz! Bekatda avtobus kutib...
— Balki bu safar men eshitmagan biror gapni aytarsiz?!
— Bugun ko‘rinishingiz juda ajoyib o‘rtoq boshliq...
Bojxona tekshiruv postida ishlaydigan kompyuter dasturchisi M.Abdullayev oilaviy sharoiti va moddiy qiyinchiliklar tufayli vaqtincha bojxona yuklarini tekshiruvchi-nazoratchi bo‘lib ishlab turish uchun boshliqdan ruxsat so‘radi.
Kuningni yaxshi o‘tishi ob-havoga emas, yoningdagi insonlarga bog‘liq.
Ofisda ikki og‘ayni suhbatidan:
— Do‘stim bilasanmi, kecha bekatda shunaqangi chiroyli qiz o‘tirgan ekan...! Gap otmoqchi bo‘lib yoniga borsam menga qarab nima qildi degin.
— Xo‘sh, nima qildi?
— O‘rnidan turib "O‘tiring amaki" deb joy bersa bo‘ladimi?!
— Nega ishga kech qolib kelyapsiz?
— Uydan kech chiqgandim...
— Ertaroq chiqsangiz bo‘lmaydimi?
— Ertaroq chiqishga kech bo‘lgan edi.