Ota-ona haqida latifalar

Qizi otasiga gapiryapti:
— Ertaga bo‘lajak kuyov bola keladi va meni qo‘limni so‘raydi. Siz uni oyog‘iga yiqilib, qo‘llarini o‘pib “Bizni haloskorimizsiz” - demasdan, oddiygina “Men roziman” deng.
Bir yoshli bolakayni onasi eridan so‘rabdi:
— Qayoqqa ketyapsiz?
— Futbolga, - debdi eri.
— O‘g‘limizni ham o‘zingiz bilan olib keting!
— Nega?
— Ana qarang, baribir bu yerda, bekorga baqirib o‘tiribdi...!
Notanish nomerdan qiz bolaga sms keldi.
— Sevganiz bormi?
— Ha, bor. Kim bu?
— Bu men dadangman, uyda gaplashamiz.
5 minutdan so‘ng boshqa nomerdan sms:
— Sevganiz bormi?
— Yo‘q kim bu?
— Bu men sevganing. Demak mendan or qilar ekansan-da.
— Yo‘q, dadam sinab ko‘rayotgandi. Shunga yo‘q dedim.
— Bu yana men, dadang, uyga boray ko‘rasan.
— Oyi dadamni rasmlari bormi? - deb so‘rabdi 1-sinfda o‘qiydigan o‘g‘li.
— Ha, bor. Nima qilasan?
— Maktabga oboraman, ustozimiz uy vazifasini tayyorlab bergan ahmoqni bir ko‘rmoqchiman dedilar.
— Dada, mana bu granata degandiz, shuni ichini ochib bering, - debdi bolakay.
— O‘g‘lim, bu inson hayoti uchun havfli! Bu yoqqa ber!, - deb o‘g‘lining qo‘lidan olib qo‘ysa, bola xafa bo‘lib:
— Dangasaga ish buyursang - aql o‘rgatadi, - dermish.
— Ada, qornim ochdi.
— Oyinga Telegram'da yoz, kelib ovqatlantirib ketadi.
Ota o‘g‘liga tanbeh beryapti:
— Voy-bo‘y, qundaligingni «ikki»lar bosib ketibdi-ku!
— Da-da!
— Gapirma! Senday paytimda «uch» olsam ham uyalardim. Sen bo‘lsang...
— Da-da, dada deyapman!
— Xo‘sh, nima demoqchisan o‘zi?
— Axir bu sizning o‘quvchilik paytingizdagi kundaligingiz-ku. Kecha eski kitoblaringiz orasidan topib oluvdim.
— Dada, siz qorong‘ida ham yoza olasizmi?
— O‘ylaymanki, yoza olaman.
— Unday bo‘lsa, chiroqni o‘chirib, kundaligimga qo‘l qo‘yib bering...
Ota-onalar majlisida bir bolaning otasidan o‘qituvchi so‘rabdi:
— Maktabimiz uchun nima qilib bera olasiz?
Ota:
— Portalga yozib bera olaman!
Shundan keyin bu otani o‘g‘li maktabni bitirib ketguncha umuman majlislarga chaqirib bezovta qilishmabdi...!
Er:
— Onasi bugun qizimizni bog‘chaga o‘zing tashlab kelaqol. 5000 beraman.
Xotin:
— 10000 bersangiz tashlab kelaman.
Qizcha:
— Dada, menga 2000 bering o‘zim ketaveraman bog‘chaga.