Ota-ona haqida latifalar

Uy bekasi kundaligidan:
Bir payt ko‘chadan bir odamcha kirib keldi, hammayog‘i loy. “Sizni o‘g‘lingizman”, deb aytdi. Yuvib tozalaganimdan so‘ng ma’lum bo‘ladi endi. Lekin ovozi o‘g‘limnikiga juda o‘xshaydi...
Maktabdan ko‘zi ko‘karib qaytgan boladan onasi so‘rabdi:
— Buni kim qildi?
Bola:
— Kimligini bilmadim-u, lekin mana uni sochidan namuna, - deb qo‘lida bir tutam soch ko‘rsatibdi.
Otasi o‘g‘liga:
— Bu yil ham o‘qishga kira olmasang, otam dema meni! Seni tanimayman!
Imtihonlar tugagach, adasi o‘g‘lidan so‘rabdi:
— Ho‘sh o‘g‘lim, imtihonlar qanday o‘tdi?
O‘g‘li esa:
— Kechirasiz, sizni tanimayroq turibman, kimsiz?
O‘smir qiz otasini ko‘kargan ko‘zini ko‘rib debdi:
— Ada, ko‘zingiz nega ko‘kargan?
Otasi jahli chiqib:
— Agar yana bir martta dugonangni lab bo‘yog‘i meni mashinamda tushib qolsa, seni ko‘zingni ko‘kartiraman, - dermish.
— Dada, oyim aytdilar-ki aroq qimmat bo‘lib ketibdi. Endi kamroq ichadigan bo‘larkansiz.
— Oying sal yanglishibdi o‘g‘lim. Endi sen kamroq yeydigan bo‘lding.
Ota:
— Onasi, shumtaka o‘g‘ling yerdagi qorni yeyapti!
Ona:
— Qor yemasin, tomog‘i og‘riydi!
Birozdan so‘ng, ota:
— Onasi, qor rostdanam shirin ekan!
Ona:
— Ha, yaxshi...
To‘yda onalar raqs tushayotganda o‘rtakash terminal ko‘tarib turganmish.
Bu holatni tushunmaganlar so‘rashibdi:
— Nimaga terminal ko‘tarib turibsiz?
Shunda o‘rtakash:
— Kimda agar qistirishga naqd puli bo‘lmasa, plastikda ham qabul qilaveramiz, - dermish.
Bir bolakayning adasi katta amaldor ekan. Bolakay maktabdan 2 baho olib kelibdi. Shunda oyisi bolasiga debdi:
— Kundaligingni ichiga manavi pullarni solib, adangga uzatsang, seni urishmaydilar!
Bir kuni ota-o‘g‘il baliq oviga borishibdi. Qarmoqqa katta baliq ilinibdi.
O‘g‘li:
— Dada, buni qanday o‘ldiramiz, - debdi.
Shunda otasi:
— Shuniyam o‘ylab turibsanmi? Suvga cho‘ktir, o‘zi o‘ladi, - debdi.
Otasi bilan hindular haqidagi filmni ko‘rib yotgan bolakay debdi:
— Adajon, nega bu odamlar yuzlarini bo‘yab olishgan?
— Ular jang qilishmoqchi, - debdi otasi.
Kechqurun oshxonadan yugurib chiqqan o‘g‘li adasiga:
— Adajon, oyim jang qilmoqchilar... – dermish.