Ota-ona haqida latifalar

— Ada, Dubayga dam olgani boraylik. Tinch okeanidagi oq ayiqlarni tamosha qilardik...
— Nima? Kundaligini olib kel-chi, geografiya fanidan baholaringni tamosha qilamiz!
Qizaloq oilaviy fotoalbomni ko‘rib o‘tirib, onasidan so‘rabdi:
— Oyijon, manavi suratda yoningizda turgan kelishgan, chiroyli yigit kim?
Onasi debdi:
— Seni adang-ku qizim.
Qizaloq divanda beo‘xshov, xurpayib televizor ko‘rib yotgan adasiga qarab:
— Bu kim unda? - dermish.
Ota o‘g‘liga:
— O‘g‘lim, meni nega maktab direktori chaqirtirdi?
O‘g‘li:
— Kecha maktabda mushtlashdim.
Otasi:
— Nima, meni navbatdagi jangni tomosha qilishga chaqirishdimi?
Ota o‘g‘liga:
— Sen pianinoda ko‘proq mashq qilishing kerak.
O‘g‘li:
— Bundan ortig‘i bo‘lmaydi. Butun podezd ko‘chib ketdi-ku.

Talaba yigit yozgi sessiyalardan so‘ng otasiga telefon qilib:
— Dada, "Beshikdan qabrgacha ilm izla" deb aytar edingiz...
Otasi:
— Ha, o‘g‘lim shunday. Nimaga so‘rayapsan?
O‘g‘li:
— Men yana imtihonlardan o‘ta olmay, keyingi yilga qoldirildim.