Ota-ona haqida latifalar

Piyanista uyqudan turib, oynaga qarab:
— Shunaqayam ichamanmi, soqollarim o‘sib, ajinlarim ko‘payibdi, sochimga ham oq tushibdi, deb tursa orqadan onasini ovozi kebdi:
— O‘g‘lim otangni portretiga buncha tikilmasang.
Er-xotin bog‘chadan bolalarni olib kelish ustida bahslashmoqda.
Er:
— Sen bor bog‘chaga!
Xotin:
— Siz borib kelaqoling!
Er:
— Senga yangi palto, yangi etik olib berdimmi?
Xotin:
—Ha!
Er:
— Ana o‘shalarni kiyginda borib kelaver!
Xotin:
— Nimaga siz bormaysiz?!
Er:
— Men nima paypoq bilan soqol olish uchun ko‘pikda boraman-mi???
Yosh qiz onasiga qo‘ng‘iroq qilib so‘radi:
— Oyijon, siz meni yaxshi ko‘rasizmi?
Onasi:
— Ha, ha qizalog‘im! Albatta.
— Telefon go‘shagini adamga bering.
— Ana adajon eshittingizmi? Oyim ruxsat berdilar!
Qizim bu yigit bechoraning yetimligi kamlik kilganday, yana cho‘loq ekan. Unga tegmay qo‘yaqol.
— Lekin ko‘zlari chiroyli ekan. Axir uni ham baxtli bo‘lishga xaqqi bor-ku!
— Shuni aytaman-da... hayot unga shunchalik azob bergani yetmaganday, sen ham tegib olsang, qanday bo‘larkin?
— Dada, bugun maktabda ixchamgina ota-onalar majlisi bo‘ladi.
— Ixcham deganing nimasi?
— Si-iz, me-yen va direktor ishtirokida...
— Apelsin qanaqa meva dada?
— O‘g‘lim, fantadagi meva - apelsin bo‘ladi!
Bir yigit hech uylanmasmish. Onasi:
— Bolam nega ko‘rsatgan qizlarimni birortasini ham xohlamayapsan, desa,
O‘g‘il:
— Ona ularning hammasi g‘irt, debdi.
— Voy u nima degani, desa,
O‘g‘il:
— Nima deyishni bilmay, ishyoqmas, dangasa, uyquchi, deb tushuntiribdi.
Ona shunda:
— Voy 3 opang ham g‘irt edi, bib binoyi yashab ketdi, qolaversa manam rosa uchiga chiqqan g‘irt bo‘lganman. Adang sezmagan ham, dermish.
Ota-onalar farzandlarini birinchi sinfga tayyorlashmoqda. Harajatlari esa go‘yoki turmushga berayotganga o‘xshaydi-ya!
Qishloqda yashaydigan yigitlar kechasi nechida uyga qaytganini ota-onasi aniq biladi.
Chunki traktorda shovqinsiz kelib bo‘lmaydi-da.
Voyaga yetgan yigit ota-onasiga:
— Oyijon, adajon! Bugundan boshlab men o‘zim alohida, mustaqil yashayman!
Ota-onasi:
— Juda yaxshi o‘g‘lim. Seni ulg‘ayganingdan xursandmiz, - deyishibdi.
O‘g‘li esa:
— Mana sizni narsalaringiz, yig‘ishtirib qo‘ydim, - dermish.