Ota-ona haqida latifalar

— O‘g‘lim, uyga kir!
— Nima qornim ochdimi?
— Yo‘q, sovqotding!
2 yoshli qizaloqni onasi eshitishni tekshirish uchun quloq doktoriga olib boribdi.
Doktor shivirlab:
— Shokolad... - desa.
Qizaloq ham shivirlab:
— Qani, - dermish.
Afandi 70 yoshda ekan. O‘g‘liga maqtana ketibdi:
— Men 30 yoshimda qanday kuchga ega bo‘lsam, hozir ham huddi shunday kuchim bor.
— O‘g‘li hayroon bo‘lib:
— Qanaqasiga ota? – debdi.
— Mana masalan, 30 yoshimda hovlidagi anavi to‘nkani ko‘tara olmas edim. Hozir ham ko‘tara olmayman...
Bir yigit uyiga qo‘ng‘iroq qilsa, besh yoshli qizi olibdi:
— Oying qani?
Qizaloq:
— Tepadagi yotoqxonadalar. Bitta amaki bilan gaplashib o‘tirishibdi, - debdi.
Yigitni rangi o‘chib :
— Hoziroq tepaga chiqasanda, “Dadam keldilar!” deysan, keyin menga nima bo‘lganini aytasan! - deb buyuribdi.
Oradan besh daqiqa o‘tib qizaloq go‘shakni olib:
— Allo! Dada! Oyim zinadan yugurib tushayotib xalatiga uralashib yiqilib, "Voy-voylab" yotibdilar. Haligi amaki ikkinchi etajdan o‘zini hovuzga tashlab, suv yo‘qligi uchun uxlab qoldi, - desa, yigit hayron bo‘lib:
— Iye, uyimizda hovuz yo‘q edi-yu?!
— Dada, o‘zingiz qurdirdingiz-ku hovuzni... - debdi. Yigit battar ajablanib:
— Bu o‘zi Eshmatovlar xonadonimi? - deb so‘rasa, qizaloq:
— Yo‘q, ularniki emas - debdi.
Yigit telefoniga terilgan raqamlarga bir qarabdi-da, jilmayib:
— Uzr qizaloq, adashibman, - degan ekan.
— Kecha qizalog‘im bilan mushukchani rasmini chizgandik, bugun hovlimizga qayerdandir mushuk bolasi kirib olibdi.
Bugun o‘tirib, Malibu avtomobili, ikki qavatli dalahovli va tilla bilakuzuklarni rasmini chizmoqchimiz...
O‘g‘li otasini ko‘kargan ko‘ziga qarab:
— Ada, ko‘zingizga nima bo‘ldi? - desa, otasi g‘azablanib:
— Agar meni mashinamda dugonalaringni lab bo‘yog‘i yana tushib qolgudek bo‘lsa, ikkinchi ko‘zim ham shu ahvolga tushadi!
Xotin eriga:
— Hoy dadasi, o‘g‘lingizga ayting, internetni yig‘ishtirsin! Darsini qilsin!
— Onasi, o‘zing ayt! O‘g‘ling meni "chyornыy"ga kiritib qo‘ygan.
— Oyi, ko‘chaga chiqib o‘ynasam, maylimi?
— Shu kir quloqlaring bilanmi?
— Yo‘q, o‘rtoqlarim bilan.
Oqshom ertagini bu safar o‘g‘liga otasi o‘qib bermoqda:
— Malika juda-yam go‘zal ekan... U shunchalar chiroyli edi-ki, shahzoda butun oqshom undan ko‘zlarini uza olmabdi.
— Ada, nega shahzoda malikani ko‘zlarini uzib olmoqchi bo‘lgan???
Ona qizidan so‘rabdi:
— Qizim, kechqurun xonangdan gumburlagan tovush keldi. Nima edi u?
— Kiyimlarim polga tushib ketdi.
— Kiyimlaring shunday ovoz chiqardimi?
— Men uni ichida edim-da!