Ota-ona haqida latifalar

Onasi yosh qizalog‘idan:
— Senga uka olib kelaymi yoki singilmi? - deb so‘rasa,
Qizaloq xo‘mrayib turib:
— Hech kim kerakmas! Hozir zamon ko‘tarmaydi! - dermish.
Bir bolakay o‘rtog‘iga maqtanibdi:
—Meni dadam seni dadangga qarz bergan.
O‘rtog‘i javob qaytaribdi:
— Lekin dadang meni dadamdan o‘sha qarzini ololmay yuribdi-ku!
— O‘rtoq komandir, televizor ko‘rsak bo‘ladimi?
— Ko‘ringlar. Faqat yoqmanglar.
Onasi o‘g‘liga:
— Hafta boshidan yangi hayot boshlamoqchimiz. Men ozishni boshlayman, adang chekishni tashlaydi. Sen nima qilmoqchisan?
— Men o‘qishni tashlamoqchiman!
Yosh bola do‘konga kirib:
— Asal bering, - deb sotuvchiga idishini uzatibdi.
Sotuvchi idishni asalga to‘ldirgach, bolakay unga:
— Pulini adam kechqurun berib ketadilar, - debdi. Jahli chiqqan sotuvchi, — Yo‘q, - debdi-yu, asalni qayta to‘kib olibdi.
Do‘kondan chiqqan bolakay qo‘lidagi idish ichiga qarab:
— Adam rost gapirgan ekanlar. Bu yerda ikkita nonga surtsa yetadigan asal chiqadi, - dermish xursand bo‘lib.
O‘g‘il:
— Dada menga 5000 so‘m bersangiz, kechasi oyim kim bilan uxlaganlarini aytaman.
Otaning jahli chiqib
— Mana 5000 so‘m. Oying kim bilan uxlaganini tez ayt!!!
O‘g‘il:
— Men bilan uxladilar...
Otaning qiziga nasihati:
Endi ona qizim, har bir qiz o‘z uyiga “Gosti”. Shunday ekan, senga aytar Statusim: Kuyovnikiga borganda “Zakrыt Profil” bo‘lgin. Eringdan boshqasi senga “Drujba” tashlasa “Ignor” qilgin. Eringni kamchiliklarini hamisha “Nevidim” qilgin. Qaynota-Qaynonangni har bir gapiga “Klass” deb turgin. Uydagi “Soobsheniya” va “Obsujdeniya”larni bizga va ko‘chadagilarga aslo “Kopiravat” qila ko‘rmagin. Qo‘shnilaringga “Druzya” bo‘l! Qaynopalaring bilan esa “Luchshiye Druzya” bo‘lgin. Har bir qiliqlariga “Layk” deb turgin. Ularning “Chyornыy spiska»siga aslo tusha ko‘rmagin!
Ona qizidan so‘radi:
— Nega Ahmadjon degan yigitga turmushga chiqishni xohlamayapsan?
— Oyi, axir u mallasoch-ku!
Ota gapga aralashdi:
— O‘sha yigitga turmushga chiqaver, qizim! Sen bilan bir yil yashasa, sochi oqarib ketadi, javob!
— Oyijon, menga ikki ming bering.
— Hov anavi yerda o‘tirgan buviga bermoqchiman.
— Voy o‘zimni aqilli bolajonim. Qani o‘sha buvi?
— Hov ana, muzqaymoq sotyaptilar...
O‘qituvchi bolalardan birma-bir oilaviy ahvoli to‘g‘risida so‘ray boshlabdi.
— Qani sen, tur-chi! Dadang nima ish qiladi?
— Dadam soliqda ishlaydi.
— Oilaviy ahvolingiz qanaqa?
— Hammasi zo‘r!
Ikkinchi bolani turgizib so‘radi:
— Sening-chi, dadang nima ish qiladi?
— Hokimiyatda ishlaydi.
— Sharoitinglar qanaqa?
— O-o, klass!!!
Bir bola parta ostiga kirib ketay deb o‘tirganmish. O‘qituvchi uni ko‘rib:
— Sen nega berkinyapsan? Tur-chi!? Dadang nima ish qiladi?
— Dadam tadbirkor.
— Oilaviy sharoitlaringiz qanaqa?
— Anavi ikkalasini dadasi bo‘lmaganida, biz ham zo‘r yashardik.