Ota-ona haqida latifalar
— Adangni miyasi, bolam!
— Nega sizniki emas?
— Menda miya bo‘lganida, adangga turmushga chiqarmidim?!
— O‘g‘lim ko‘rib, o‘rgan! Katta bo‘lganingda shu ishlarni sen qilasan, - debdi.
Bola javob qaytaribdi:
— Katta bo‘lgunimcha dadam devorni bo‘yab bo‘lmaydilarmi? - dermish.
— Oyijon, meni o‘g‘irlab ketishvatti! - desa, onasi:
— Voy qizim, qanaqa mashinada? - so‘rabdi.
— Malibu, - desa:
— Baxtli bo‘l qizim! - dermish onasi.
— Meni yolg‘izim, shirin bolam, kelajagim meni! Sen meni hayot o‘yinimda urgan golimsan! Shunda xotini eriga qarab:
— Men-chi adasi? – debdi.
Shunda er xotiniga:
— Sen ham urgan golimsan. Faqat o‘z darvozamga urib qo‘ygan – avtogolsan, - dermish.
— Dada,siz ham muallimani sevib qolganmisiz?
— Ha!
— Keyin-chi, keyin nima bo‘lgan?
— Keyinmi? Keyin oying seni boshqa maktabga o‘tkazib qo‘ygan!
— O‘g‘lim, buncha pulni ishlab topmoqchimisan yoki sarflamoqchimisan? Shunga bog‘liq!
— Bor, anavi gadoyga non olib chiqib ber! yosh bolalarim bor deb so‘rayapti...
— Yo‘q ada, unga non bermaylik!
— Nega o‘g‘lim?
— Kechayam shu gadoy bolalarini o‘rtaga qo‘yib tilangan edi. Non olib chiqsam, bolalariga qoldirmay hammasini o‘zi yeb qo‘ydi.
— Qizim senga nima bo‘ldi? Juda xomushsan, ovqatingni yegin, - desa, eri xotiniga:
— Shuniyam bilmaysanmi? Qizingni erga berish kerak, - debdi. Oyisi yana qiziga:
— Ol qizim, ovqtingni yegin, kasal bo‘lib qolasan axir, - desa, eri yana xotiniga:
— Buningni dardi ma’lum, erga berish kerak! - debdi.
Onasi yana qiziga:
— Qizim hozir ovqating sovub qoladi, - desa, qizi:
— Uf-f-f oyi, birpas jim turing! Dadam gapirsinlar! - dermish.
— Turqi qursin, juvarnamak, ... qayoqdan bilay...!