Shifokorlar haqida latifalar

Bir qari kampir shifokor huzuriga borib:
— Bolam, yuragim ogʻriyapti, - debti. Shunda doktor:
— Koʻpqavatli uyda turasizmi buvijon? – desa, kampir:
— Ha, 3 qavatda turaman, - deb javob beribdi.
Doktor:
— Sizga umuman zinadan foydalanish mumkin emas. Manavi dorini 2 oy ichasiz. Dori tugagach keling, tekshiramiz, - debdi.
Onaxon 2 oydan soʻng kelib, yuragini tekshirtiribdi.
Doktor xayron qolib:
—Onajon, sizni yuragigingiz 18 yoshli qizlarni yuragidek uryapti. Siz butunlay sogʻsiz! - debdi.
Kampir xursand boʻlib:
— Endi uyimga zinadan chiqsam boʻladimi? – desa, doktor:
— Shu paytgacha nimada chiqayotgandingiz? –debdi.
Onaxon:
— Ikki oydan beri oyna, tarnovlarga ilashib chiqayotgandim, - dermish.
— Allo, salom oyijon! Mendan havotir olmang, men kasalxonadaman.
— Bas qil qizim! Sakkiz yildan beri gapni shundan boshlaysan! Vrach bo‘lib ishlaysan-ku axir.
— Doktor, meni ko‘zim og‘riyapti. Ko‘rib qo‘ying
— Xo‘sh, ko‘zingizdan ko‘rinib turibdiki, o‘pkangiz shamollagan, ichaklarda muammo bor, oshqozoningiz ishlamayapti.
— Doktor, axir bu ko‘zim protez! Bunisini ko‘ring!
Hamshira bemorga maslahat beryapti:
— Agar shifokorga ataganingiz bo‘lsa operatsiyagacha bering! Aks holda keyin kech bo‘lishi mumkin...
Yaqindagina vrachlik diplomini olgan yosh olim adasini yoniga xursand kelib:
— Ada, siz necha yildan beri da’vo topa olmagan kasallikka da’vo topdim. Bemorlarni da’voladim, - desa, otasi ensasi qotib:
— Tentak, shu kasallik ortidan necha yildan beri sizlarni boqib kelayotgandim-ku...! - dermish.
— Doktor, operatsiyadan keyin men pianino chala olamanmi?
— Albatta chala olasiz.
— Xudoga shukurey, ilgari chalishni bilmasdim.
Jinnixonada bemorlar televizordan yangiliklarni ko‘rib o‘tirishsa, bir bemor:
— Yaxshi-yam jinnixonada yotgan ekanman..., - desa, ikkita vrach unga qarab:
— Sog‘aya boshlaganga o‘xshaydi, - dermish.
— Doktor, tishlarim sarg‘ayib ketdi, maslahat bering.
— Jigarrang bo‘yinbog‘ taqib yuring, rangi mos keladi.
Vrachlar jinnixonaga malibuning rasmini ilib qo‘yishibdi, hamma jinnilar: u meniki, yo‘q meniki deb talashayotganmish, shunda bir jinni chetda indamay o‘tirganmish. Vrachlar:
— Sen nimaga talashmayabsan, desa
— Kaliti menda, mashina qayoqqa borardi, dermish.
Bir yigit shifokor oldiga kelibdi. Shifokor:
— Xo‘sh, shikoyatingiz?
— Hech nima...
— Biror joyingiz og‘riyaptimi?
— Yo‘q!
— Unda nima maqsadda keldingiz?
— Shunchaki o‘zim...
— Tushunishimcha sog‘lig‘ingiz to‘g‘risida bilmoqchisiz?
— Yo‘g‘e-e-e! Ertalab televizorni qo‘ysam, profilaktika deb yozilgan ekan, shunga aylanib kelgandim...