Shifokorlar haqida latifalar
— Vrachni nimada ayblayapsiz?
— Kvartiramni o‘g‘irlashda yordam bergani uchun.
— Qanaqasiga?
— U menga kechalari uyqu dori ichib, derazani ochib uxlashni maslahat beruvdi.
— Tabriklayman ichingizda jon paydo bo‘libdi.
— Doktor, nimalar deyapsiz?
— Men homiladorlikni nazarda tutmayapman, gijjalaringizni aytayapman.
— Qizimning ko‘zlari nega kichkina? Axir bizning koreys qarindoshimiz yo‘q-ku!
Vrach:
— Ko‘zlarini yon tomonini qarab ko‘ring-chi, kattalashtirish moslamasi yo‘qmikin?
— Iltimos yelkamga qadalib qolgan vilkani olib tashlang, - desa, vrach:
— Meni ish vaqtim tugadi, - debdi.
— Iltimos doktor bir nima qiling!
Doktor bir kasalga bir soatiga qarabdi-da, vilkani sug‘irib kasalning ko‘ziga sanchib:
— Ana bo‘ldi, okulist hali bir soat ishlaydi. Unga murojat qiling, - debdi.
— Ming-ming rahmat sizga shifokor-jon! O‘z minnatdorchiligimni qanday izhor qilishni ham bilolmay qoldim…
Unga javoban shifokor ma’noli iljaydi-da, dedi:
— Eh, azizam, bilasizmi, insoniyat pul degan qudratli narsani o‘ylab topganidan beri minnatdorchilik izhor qilish yo‘li osongina hal etilgan.
— Nuqul qizlarga qaradim deguncha, do‘stim Dilshod yodimga tushadi.
Qo‘rqib ketgan vrach yigitdan sal nariroq surilib, g‘alati qarab turib:
— Nega qizlarga qarasangiz, birdaniga do‘stingiz yodingizga tushadi? - desa, yigit:
— Chunki Dilshod menga "Qizlarga ishonma! Ular yolg‘onchi bo‘lishadi degandi, - dermish.
— Bilasanmi Sharapat yosh chiroyli go‘zal qizlik davrimizda doktorga borsak yechintirib tekshirishar
edi.
— Ha-a, Maxpirat esingda ekan-a?? Hozir doktorga borsak eshikni tagida dori yozib berib
qaytarishadi-ya?!
— Doktor bilasizmi, so‘nggi paytlarda ishxonamda fikrimni jamlab olishim qiyin bo‘lyapti.
— Kasbingiz nima?
— Duradgorman!
— Muammo nimada o‘zi?
— Qo‘limga boltani olishim bilan qo‘shnilarim yodimga tushadi...
— Bor, xozir men sizga dori yozib beraman.
— Faqat ko‘proq, ko‘proq...