Shifokorlar haqida latifalar
— E, havotirga oʻrin yoʻq. Tushga nimalar kirmaydi deysiz?!
— Toʻgʻri-ku-ya, lekin uch kundan beri xotinimni topa olmayapman...
— Meni xotinim tashlab ketdi, - debdi bemor.
— Xotiningiz tashlab ketsa, beshinchi qavatdan o‘zingizni tashlab yuborish shartmi?!
— Tushunmadingiz doktor! Xotinim meni tashlab yubordi ...
Bemor cho‘ntagidan telefonini chiqarib, kamerasini yoqibdi-da, — Nima dedingiz? – debdi.
Vrach:
— 20 mingga dori-darmonlar olasiz dedim, - dermish.
— Doktor, ba’zan shunaqa holatlar bo‘ladiki, men odamlar bilan suhbatlashayotganimda, juda ko‘p gapiraman. Keyin o‘ylanib qolaman. Gaplarimni hayolimda gapiryapmanmi? Ovoz chiqarib aytyapmanmi? Bilmay qolaman. Siz bunga nima deysiz? - desa, doktor bemorga biroz tikilib:
— Gapirasizmi yoki shunaqa jim o‘tiraverasizmi? - dermish.
— Alvido jigarim, alvido !!!
— Doktor o‘pkam og‘riyapti shekilli
— Chekasizmi?
— Ha
— Qanaqa sigaret chekasiz?
— Har-xil
— Iloji bo‘lsa chekishni tashlang, bo‘lmasa bir xil sigaret cheking
— Nima endi ertalabdan kechgacha bitta odamni orqasidan yuraveramanmi?
— Necha oydan beri muolaja qilasiz. Haligacha betobman.
Doktor:
— Siz mutlaqo sog‘lomsiz. Faqat miyangizga “Men sog‘lomman, men sog‘lomman” degan fikrni singdirishingiz kerak! Shunda hammasi joyida bo‘ladi, – debdi.
Yigit doktor xonasidan chiqib ketayotgan ekan, doktor:
— Muolaja pullarini to‘lamadingiz-ku axir!? – desa, yigit:
— “Men pul oldim, muolaja pulini oldim!” degan fikrni miyangizga singdiring. Shunda hammasi joyida bo‘ladi, - degan ekan.
— Nimaga xursandsan? - debdi.
Jinni:
— Palatadagi sherigimni boshini uzib, berkitib qo‘ydim. Uyg‘onsa, rosa izlaydi, - degan ekan.
— Har kuni baliq yeb turing. Sizda fosfor yetishmaydi, - desa,
Bemor:
—Men sog‘aymoqchiman. Yorug‘lik tarqatmoqchi emasman, - deya javob beribdi.
— Teringizda kanalar bor ekan.
— Bilaman.
— Ularni biror nima bilan davolab ko‘rganmisiz?
— Yo‘q, ular hech kasal bo‘lishmagan!