Shifokorlar haqida latifalar

Badavlat bir odam kasal bo‘lib qolibdi. Yaqin qarindoshi vrachga:
— Aytingchi doktor, umid qilsam bo‘ladimi?
Vrach unga:
— Umid qilmang, bu bor-yo‘g‘i oddiy shamollash...
Ikkita xirurg uchrashib qolib, biri ikkinchisiga debdi:
— Nega siz bemorlarni chala davolab ruxsat beryapsiz?
— Iye, eshitmadingizmi? Ishim endi yarim stavka-ku!
Bir bemor stomatologga kelsa, ichkaridan bittasi xursand chiqib ketayotganmush.
— Nega buncha xursandsiz? - desa, haligi odam tishini ushlab:
— Xudoga shukur, vrach yo‘q ekan, - dermush.
Bir qiz vrach yoniga kelib:
— Doktor, go‘zallik ham bir dard emish. Shu rostmi?
Vrach:
— Xotirjam bo‘lavering. Siz soppa-sog‘siz!
Quloqlari kar bo‘lgan xirurg narkozdan umuman foydalanmas ekan.
Og‘ir bemor:
— Doktor, yana qancha yashayman? - deb so‘rabdi.
Doktor:
— Havotir olmang! Uzoq yillar yashaysiz, yaqinlaringiz xotirasida.
Xizmatkor betob bo‘lib qolgan edi, uy bekasi shifokorga odam jo‘natdi. Shifokor kelib bemorni obdon tekshirdi. Uy bekasi xonadan tashqariga chiqishi bilan xizmatkor shifokorning qulog‘iga asta shivirladi:
— Doktor, men kasal emasman, faqat olti haftadan buyon xujayin haqimni bermayapti, uni olguncha yotaverishga ahd qildim.
— Uy bekasi meni to‘qqiz marta chaqirib, sariq chaqa ham to‘lagani yo‘q, sal suriling, unda men ham o‘ringa yonboshlay, — dedi shifokor.
O‘n yoshli bola otasidan so‘rabdi:
— Ada, nega bu kolbasani nomi "Doktorskiy"? Nima, uni faqat doktorlar yeydimi?
Otasi:
— Yo‘q o‘g‘lim! Bu kolbasani yeb bo‘lgach, to‘g‘ri doktorga boraverish kerakligini bildiradi...
Shoshilinch yordam shifoxonasi. Vrach kelgan kasallarni ko‘ra boshladi. Hammasi bosh jarohati bilan.
Birinchi kasaldan so‘radi:
— Nima bilan urishdi?
— Skovorodka bilan...
Ikkinchisidan so‘radi:
— Siznichi?
— Skovorodka bilan...
Uchinchisi ham, 4-si ham, 5-ham shu javobni berdi.
— Nima balo epidemiyami bu? - hayron bo‘ldi vrach.
— Yo‘q, hov anavi komada yotgan odamni ko‘ryapsizmi? O‘sha xotinidan qochib yig‘ilib turgan odamlar orasida yashirinmoqchi bo‘ldi. Odamlar esa biz edik..
Bir kampirni shifoxonaga olib kelishibdi.
Shifokor kampirga:
— Sizni o‘tgan safar ham qo‘ziqorindan zaharlanishdan davolagan edim. Nima bo‘ldi? - desa, kampir:
— O‘sha qo‘ziqorinni qolganini yeb qo‘yibman, - dermish.