Shifokorlar haqida latifalar

— Ishonasanmi, kechayu-kunduz ishlayman. Tinim bilmayman. Hatto, ulgurmagan ishlarimni uyga olib ketib ishlayman.
— Qayerda ishlaysan o‘zi?
— O‘likxonada bosh vrachman.
Shifoxonada:
Bir g‘ilay odam okulist oldiga kirib:
— Assalomu alaykum. Sizlarning qaysi biringizga uchray? - desa , doktor:
— Hamshira, bemorlar bitta-bitta kirishsin dedim-ku!!! - dermish.
Vrach bemorga debdi:
— Havotir olmang. Bu yuragingiz bilan 70 yoshga bemalol kirasiz.
— Doktor, axir hozir men 70 daman-ku?!
— Ana, axir sizga nima degandim...
Doktorlar shiori: «Puling yo‘qmi, sog‘ bo‘l....»
Professor tibbiyot talabalariga murdani ko‘rsatib so‘ramoqda:
— Ho‘sh Naimullo, bu murda nima sababdan vafot etgan?
— Domla, infarktdan o‘lgan.
— Adashding! Ravshanbek sen ayt-chi?
— Domla, u aroqni ko‘p ichganidan jigari shishib o‘lgan
— Qoyil Ravshanbek. Qayerdan bilding buni?
— Nahotki qo‘shnimiz Xayrullo amakini tanimasam...!?
Ona o‘g‘lini tishini oldirib, stomatolog xonasidan chiqaverishda bolasiga:
— Vrachga nima deyish kerak o‘g‘lim? - desa, bolakay:
— Qonxo‘r ablah! - debdi.
Plastik jarrohlik markazida vrach:
— Xonim, agar operatsiya natijasi sizga yoqmasa, biz hammasini qaytarishga tayyormiz, - debdi.
Ayol:
— Pullarimni-mi?
— Yo‘q, ajinlarni!
Ikki vrach operatsiya stolidagi bemor oldida suhbatlashishyapti:
— Davolaymizmi yoki yashayversinmi!?!?!?!!!!!
Ayol:
— Bosib ko‘rsam bu yerim og‘riyapti
Doktor:
— Bosmasangiz og‘rimayaptimi?
Ayol:
— Yo‘q
Doktor:
— Unda bosmang. Sizdan 30 ming so‘m
Bir kuni avtohalokatga uchragan haydovchini shifoxonaga olib kelishibdi. Vrach ko‘rib:
— Zudlik bilan operatsiyaga tayyorlanglar! - debdi.
Operatsiya boshlanibdi. Vrach haydovchining miyasini olib, hamshiraga beribdi-da:
— Ushlab turing, hozir qaytarib berasiz, - debdi.
Hamshira haydovchining miyasini derazaga qo‘ygan ekan, tashqarida yurgan mushuk tortib olib ketib qolibdi.
Operatsiya so‘ngida vrach miyani so‘rasa, hamshira mushukni gapirib beribdi.
Shunda vrach debdi:
— Mayli boshini shundoq o‘zini yopib qo‘yaveringlar. Avtomat korobka haydab yuraveradi...!