Shifokorlar haqida latifalar
— Bemor imi-jimida begona ayollarga qatnagan mahal xotini ham xuddi shunday imi-jimida karatega qatnaganini bilmagan ekan…
— Kechirasiz, ichingizda qaychi qolib ketibdi. Sizni boshqattan operatsiya qilmasak bo‘lmaydi.
— Mayli do‘xtir. Faqat operatsiyadan keyin qornimga tugma qadab qo‘ying! Yana biror narsa qolib ketsa, badanimni kesib o‘tirmaysiz.
— Doktor meni ko‘zim yaxshi ko‘rmayabdi. Hamma narsani 2 ta ko‘ryapman, - debdi.
Shunda doktor shunday qarabdi-da:
— Uchchalovingiz ham shunaqami? - debdi.
— Doktor, qizim ko‘k dorini ichib yubordi! Nima qilishni bilmayapman!
— Qizingiz hozir nima qilyapti? Yoningizdami?
— Ha? mana yonimda turibdi. Lablari ko‘m-ko‘k! Tishlari ham! Ko‘karib turgan tilini chiqarib menga tirjayib turibdi... Ayting, nima qilay?
— Tez suratga oling!!!
— Oyog‘ingizni sindirib olgan joylarni eslab qoldingizmi?
— Ha, albatta.
— Bo‘ldi. U yerlarga qaytib bora ko‘rmang!
— Xo‘sh, nima dedi?
— Alifboni o‘rganishim kerak ekan.
— Mana sizni kasal tishingiz!
— Mana sizga kresloingizni ushlagichi!
— Yordam bering. Meni qulog‘im og‘riyapti. Narigi xonadagi vrachlar qulog‘ingizni kesamiz deyishyapti...
Shifokor:
— Tavba, nega unday deyishadi. Qo‘rqitib yuborishibdi-ku sizni!!! Men sizga bir dori beraman. Uch kun ichasiz.
Bemor:
— Keyin kesishmaydimi qulog‘imni?
Shifokor:
— Yo‘q. Quloqlaringiz o‘zi uzilib tushadi...
— Nima bo‘ldi?
— O‘tgan hafta menga jarima solgan DAN xodimi bugun o‘z oyoqi bilan yonimga keldi. Og‘riqsizlantiruvchi dorini tejamoqchiman ...
— Iltimos, yordamlashvoringlar! Operatsiya xonasida bemorning qornini yorib qo‘ydim, endi u yog‘ini nima qilishni bilmayapman.