Shifokorlar haqida latifalar

— Doktor bolam, qulog‘im mutlaqo eshitmay qoldi-ya...
— Unda xursand bo‘ling otaxon! Dunyoning tashvishlaridan qutulibsiz.
Tez yordam mashinasi katta yoʻlda bir itni urib yuboribdi.
It oʻlib yotsa, atrofiga odamlar toʻplanib ketishibdi. GAI xodimi nima qilishini bilmay, tez yordam mashinasidagi vrachga:
— Siz ayting. Odamlar tarqalishsin! – desa, vrach:
— Bu yerda faqat marhumning yaqinlari qolsin. Qolganlar ketaversin, - degan ekan.
Bemor vrachga kelib debdi:
— Doktor menga yordam bering. Fikru hayolim faqat telegramda, kunduzi ham, kechasi ham gruppadaman! Nima qilay, maslahat bering...
Vrach:
— Bu jiddiy kasallik. Yuring, siz bilan lichkada gaplashamiz.
Vrach xonasi eshigida yozuvni o‘qigan bemor tanish ism, familiyani ko‘rib hayron bo‘libdi.
“Bu axir sinfdoshim-ku” debdi ichida. Xonaga kirib qarasa, qarshisida o‘zidan ancha yosh katta ko‘ringan vrach turgan ekan.
— E, sinfdosh qalesan?! – debdi quvonchini yashirmay bemor.
Vrach bo‘lsa unga qarab:
— Kechirasiz bemor, sizni tanimadim...! – deb hayron bo‘libdi.
— Rostan meni tanimadingmi?! 105-maktab esingdami? – so‘rabdi yana bemor.
— Ha, men o‘sha maktabda o‘qiganman. Siz o‘qituvchim bo‘lsangiz kerak?! Qaysi fandan dars bergansiz? – degan ekan vrach.
Rentgenga birinchi martta tushayotgan bola doktorga:
“Iltimos, menga 3x4 dan bitta” degan ekan.
Homilador ayol doktor oldiga kirib:
— Doktor, qornimdagi bolam uyatsiz so‘zlar bilan so‘kinyapti. Davosi bormi? - debdi.
Doktor:
— Davosi bor bir million bo‘ladi, - desa, ayol:
— Ana-ana! Yana boshlandi. Siz to‘g‘ringizda bir narsalar deyapti, aytolmayman..., - debdi.
Ginekolog qabuliga homilador ayol kirib:
— Ultratovush tekshiruvidan o‘tmoqchi edim, - debdi.
Vrach:
— Yaxshi. Siz hozir nechanchi oydasiz? - deb so‘rabdi.
— Menmi? Men beshinchi oy - maydaman. Siz qaysi oyda yashayapsiz doktor? - dermish ayol.
Yigit do‘stidan so‘rabdi:
— Seni katta opang stomatolog bo‘lib ishlaydimi?
— Ha, u stomatolog.
— Nega u bu kasbni tanlagan?
— Chunki opamga erkaklar og‘zini, ko‘zlarini katta ochib unga qarab turishlari juda yoqadi!
Tushkun bemor vrachdan so‘rabdi:
— Doktor, nega tahlil natijalarim bunchalik yomon?
— Siz ular uchun qancha pul to‘lagan edingiz?
— 50 ming so‘m.
— Yaxshi natijali tahlillar bizda qimmat turadi!
— D-d-d-d-oktor! D-d-d-oringizni ichgandan k-k-yeyin m-m-m-yen d-d-uqlanyapman!
— D-d-d-avolaymiza! Q-q-q-ani.. B-b-b-yeshgacha s-s-s-anangchi!...