Shifokorlar haqida latifalar

Bir shifokor Koronavirusga qarshi dori topgan ekan, xalqaro konferensiyaga borib dorini taqdimotini o‘tkazmoqchi bo‘libdi.
Lekin uni mamlakatdan Koronavirus karantini sababli chiqarishmayotgan emish.
Psixoterapevt bemoriga:
— Bir-ikki kunda sizga javob beramiz. Siz to‘liq sog‘aydingiz. Asosiysi, insonlarga "Yo‘q" degan javobni berishni o‘rgandingiz.
— Rahmat doktor.
— Kasalxona uchun pulni plastikda to‘laysizmi?
— Yo‘q!
— Naqd to‘laysizmi?
— Yo‘q!
— Tushunmadim. O‘zi pulni to‘lash niyatingiz bormi?
— Yo‘q!
Piyodalar yo‘lagidan o‘tib ketayotgan piyodani mashina urib yuboribdi.
Mashinadan haydovchi hovliqib tushib:
— Baxtingiz bor ekan, men – vrachman! – desa, yerda yotgan piyoda:
— Sizni baxtingiz yo‘q ekan, men – yuristman! – dermish.
— Yuragingiz muntazam urayotgani yo‘q. Ichasizmi?
— Ichaman doktor. Lekin muntazam ichaman.
Bir kuni shifoxonaga bir bemor kelibdi. Uni hamma yog‘i tirnalgan, shilingan, qontalash ekan.
— Sizga nima bo‘ldi? - debdi shifokor.
— Meni ari chaqib oldi, - javob beribdi bemor.
— Ari chaqsa, shu ahvolga tushasizmi??? - so‘rabdi yana shifokor.
— Axir men tok ustida uzum uzayotgan paytimda chaqdi ari, - degan ekan bemor.
Shifokor qabuliga kelgan bemordan so‘rayapti:
— Tobingiz qochgan bo‘lsa, sababi bordir? Biror surunkali dardingiz bormi?
Bemor:
— Bor doktor! Menda surunkali pul yetishmovchiligi va atrofda bo‘layotgan voqealardan vahima bor!
Vrach:
— Agar aroq ichmasangiz, umringizni ancha uzaytirasiz!
Bemor:
— To‘g‘ri aytasiz doktor! 1 hafta ichmagandim, 1 yildek tuyuldi.
Yuqumli kasalliklar shifoxonasi. Vrach bemorga:
— Yurak urishingiz me’yorda. Qon bosimi ham yaxshi.
Bemor:
— Rahmat doktor. Demak men sog‘lom o‘lyapman.
Bemor istimalab kasaloxonaga kelibdi. Uni kutib olgan hamshira so‘rabdi:
— Shippak olib keldingizmi?
— Ha.
— Kiyimlaringizni olib keldingizmi?
— Ha.
— Ko‘rpa va yostiqlarimiz qolmadi. Olib keldingizmi?
— Ha.
— Mana bu ro‘yxatdagi dorilar ham qolmagan. Olib keldingizmi?
— Ha.
— Yoningizda turgan oq xalatli yigit kim?
— Har ehtimolga qarshi vrachni ham o‘zim bilan olib keldim.
— Doktor, meni davolang! Men yashagim kelyapti!
— Pulingiz bormi?
— Yo‘q.
— Bunaqa hayotni nima keragi bor?!