— Salom o‘rtoq! Ko‘rinmaysan. Qayerda ishlayapsan?
— Hech qayerda...
— Unda nima ish qilyapsan?
— Bekorchilik.
— Zo‘r ish-ku!
— Ha! Raqobatni aytmaysanmi!?
Hayotda ko‘p narsaga erishmoqchimisan? Unday bo‘lsa hech narsani orzu qilma!
Bir kuni Afandi choyxonaga eshagi bilan borib, eshagini tashqariga bog‘lab qo‘yibdi.
Biroz vaqt o‘tgach, chiqib qarasa eshagi yo‘qmish...
— O‘g‘ri, o‘g‘ri! Eshagimni o‘g‘irlab ketishdi! – deb baqira boshlabdi.
Odamlar yig‘ilibdi. Afandi yana debdi:
— Eshagim yo‘q! Shu yerga bog‘lab ketgan edim. Agar bordi-yu eshagim topilmas ekan, otam qilgan ishni qilaman hozir! – debdi.
Odamlar hayron qolib “Otangiz nima qilganlar?” deb so‘rayverishibdi.
Shunda afandi:
— Otamni ham eshagi yo‘qolib qolganda, uyga piyoda ketganlar, - degan ekan.

Ukoldan emas, doktor kassaga yozib beradigan qog‘ozdan qo‘rqsangiz, demak, ulg‘ayibsiz!

Bir tentakroq odam suvda cho‘kayotgan kishini qutqarib olibdi.
Oradan ko‘p o‘tmay odamlar tentakni yoniga kelib:
— Siz uni suvdan qutqarib olgan edingiz, u bo‘lsa o‘zini osib o‘libdi, - desa, tentak:
— Iye, o‘lib qolibdimi? Men uni qurisin deb daraxtga ilib qo‘ygandim, - dermish.
Qiz va yigit uchrashuvda:
— Sizni yaxshi odatlaringiz nimada? – so‘rabdi yigit.
— Men umuman ovqat tanlamayman, - debdi qiz.
— Xafa bo‘lmasangiz, yomon odatlaringizni ham bilsam... – debdi yana yigit.
— Ovqat qilishni umuman bilmayman, - degan ekan qiz.
Titanik cho‘kib bormoqda.
Birinchi klass yo‘lovchilari qutqarish qayiqlariga chiqib olgan bo‘lsalar-da, ikkinchi va uchinchi klass yo‘lovchilari kema kapitanining aysberglar kema uchun foydali haqidagi yolg‘on cho‘pchaklarini eshitmoqdalar.
Ishga yana kech qolib kelgan xodimning oldidan rahbar chiqib so‘rabdi:
— Xo‘sh, bu safar nimani bahona qilasiz?
— Aytsam ishonmaysiz! Bekatda avtobus kutib...
— Balki bu safar men eshitmagan biror gapni aytarsiz?!
— Bugun ko‘rinishingiz juda ajoyib o‘rtoq boshliq...
Ayol oshxonada ovqat suzayotsa, surbet, jonga tegib ketgan qo‘shnisi yana kirib kelib:
— Voy qo‘shni ovqatingiz pishdimi? Yana ovqatlanib ketarkanmanda... – debdi.
Jahli chiqqan uy egasi unga ham ovqatdan suzib, yeb o‘tirishsa, hovlidagi it irrillayveribdi.
— Qo‘shni, nega itingiz meni tanisa ham irrilayveradi? – desa, mezbon ayol:
— Chunki itim uni kosasida ovqat yeganlarni yoqtirmaydi, - dermish.
— Qachon buyuk kelajak keladi?
— Qanaqasiga kelsin?! Axir u kelajak-ku!