Bir odam daryoda cho‘ka boshlabdi. Bor ovozi bilan “Yordam bering! Pomogite! Help me!” deb baqirayotgan ekan, o‘tib ketayotgan bir kishi unga qarab:
— Shuncha tilni o‘rganguncha suzishni o‘rgansang bo‘lmasmidi?! – dermish.
Yangi Kaptiva mashinasi svetorofda to‘xtasa, orqasidan Lasetti kelib qarsillatib uribdi. Kaptivadan baquvvat yigit tushib qarasa, orqadan urgan mashinani oynalari tonirovka qilingan ekan. Borib oynalarni sindirguday qilib ura boshlabdi. Bir payt qora oynalar tushirilgan ekan, ichida 2 ta qo‘riqchisi katta amaldor o‘tirgan ekan.
Kaptivani egasi unga qarab:
— Boyadan beri mashinangizni pulini kimga berishni bilmay chaqiryapman, - dermish.
Mehnat va bandlik vazirligiga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmayapman. Band ekanlar!
18 yoshga to‘lgan o‘g‘li bilan otasi gaplashib o‘tirib debdi:
— Eh o‘g‘lim, bizni davrimizda ham telegram, feysbuk, instagramlaring bo‘lgan.
— Qanaqasiga?
— Yo‘laklarga ismimizni yozib ketardik, ertasi kuni yonida izohlar qoldirib ketishardi...
Ko‘p qavatli uyda yashovchi yoshgina yigit nog‘ora sotib olibdi. Erta-yu, kech taqir-tuqur, taqir-tuqur hammaning joniga tegib ketibdi. Qo‘shnilar chiqib shikoyat qilishibdi. Foydasi bo‘lmabdi. Lekin yonginasida yashovchi qari qo‘shnisi indamasmish.
Bir kuni u ko‘chada nog‘orasini ko‘tarib uyiga kirib ketayotgan yigitni uchratib qolib unga shunday debdi:
— Sen o‘zi bilasanmi nog‘oraning ichida nimalar borligini???
Shu kundan boshlab nog‘oraning tovushi umuman eshitilmay qolgan ekan.
Tasavvur qiling, siz tasavvur qilishni umuman bilmaysiz. Nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘rdingiz-a!?
Tankchilar shiori:
— Zirhlarimiz mustahkam, tanklarimiz tezyurar!
Uchuvchilar shiori:
— Baland va yanada baland ko‘tarilamiz!
Aloqachilar shiori:
— Qancha qattiq baqirsang, shuncha uzoq masofada eshitiladi!
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining shiori:
— O‘zimiz ham uchmaymiz, birovga ham bermaymiz!
Nyutonning hali e’lon qilinmagan qonuni:
“Pora bilan qo‘lga tushgan amaldorning qarshiligi 0 ga teng”.
Bir kuni afandi militsiyaga qo‘ng‘iroq qilib:
— 715 raqamli oq rangli Neksiyani topib beringlar, - debdi.
Militsiya:
— Mashinangizni o‘g‘rilar ketishdimi? - desa, afandi:
— Yo‘q. Shu mashinani orqasiga eshagimni bog‘lab qo‘ygan edim. Mashinani haydab ketib qolishibdi, - dermish.
Er semirib ketgan xotininga qarab turib:
— Onasi, suzishga qatnashsang bo‘larmidi... Qomating buzilib ketyapti! - desa, xotini:
— Kit degan jonivorni bilasizmi? Bir umr suzadi. Qani unda qomat?! - debdi.