Bir haydovchi mashinasini boshqarib ketayotsa, orqasidan bittasi katta tezlikda kelib uribdi. Birinchi mashina haydovchisi tushib:
— Bu nima qilganing?! Shunaqa-yam haydaydimi? – deb baqira boshlabdi.
Orqadan kelib urgan mashinani haydovchisi bo‘lsa muloyimlik bilan uzr so‘rab:
— Bo‘ldi, hammasini to‘layman. Jonimiz omon qoldi-ku! Keling, sog‘ qolganimizni nishonlaymiz, - deb darrov mashinasidan aroqni olib, bir ryumkada quyib, “Oling, oling” deb ichirib yuboribdi-yu o‘zi ichmabdi.
Aroqni ichib yuborgan haydovchi:
— O‘zing nega ichmading? – desa, orqadan urgan haydovchi:
— Ana, YPH xodimlari kelishyapti. Oldin hal qilib olishsin avariyaga kim aybdorligi, - dermish.
Bir bor ekan, ikki yo‘q ekan. Uch bor ekan, to‘rt yo‘q ekan. Besh bor ekan, oltiyam bor ekan.
— Do‘stim, eng yaxshi ko‘rgan ishing nima?
— Ishlarimni keyinga qoldirish.
— Masalan, qanaqa ishlarni?
— Keyinroq aytaman.
Uch toshbaqa toqqa dam olgani chiqishibdi. Tog‘ni uchiga chiqqunlaricha 20 kun o‘tibdi. Endi o‘tirib gulhan yoqamiz deyishsa, gugurt pastda qolib ketgan ekan. Toshbaqalardan biri debdi:
— Men pastga tushib gugurt olib chiqaman.
Oradan 3 kun, 5 kun, 1 hafta o‘tibdi. Ikkita toshbaqa bir-biriga qarab:
— Endi qachon keladi? Juda sekin yuradi-da! – deb turishsa, sal nariroqdan sherigining ovozi kelibdi:
— Agar meni yomonlayversanglar bormayman! O‘zlaring tushib gugurt olib kelaverasanlar!
Bir kuni o‘g‘il dadasiga qarab debdi: ⠀
— Dada men katta bo‘lsam yurak shifokori bo‘laman.
Dadasi debdi:
— O‘g‘lim, yurak shifokori bo‘lma tish shifokori bo‘l!
O‘g‘il:
— Nega?
Dadasi:
— Chunki yurak odamda bitta. Tish esa 32 ta debdi.
— Charchadim. Ertadan-kechgacha tinim yo‘q. Qo‘yamiz, tushiramiz. Keyin yana qo‘yamiz, yana tushiramiz...
— Nimani?
— Paxta qo‘yamiz-u, qovun tushiramiz.
O‘rmonning podshohi bo‘lgan sher uzoq safarga otlanibdi.
— Kim baland qoyaga chiqib pastga sakrasa-yu, tirik qolsa o‘sha hayvon meni o‘rnimga shoh bo‘lib turadi, - debdi.
Birorta hayvon qoyadan sakray olmabdi.
Bir vaqt qoyaning baland joyidan “gup” etib pastga bo‘ri tushibdi-yu, tirik qolibdi.
— Sen juda mard ekansan! Endi meni o‘rnimga shoh bo‘lasan, - debdi sher.
Bo‘ri bo‘lsa:
— Shoshmay turing! Avval meni qoyadan itarib yuborgan quyonni topib, adabini berib kelay... – dermish.
Uzoq vaqt ko‘rishmagan ikkita o‘rtoq ko‘rishib qolibdi:
— Qalaysan do‘stim? Nima ish qilyapsan?
— Biznes. O‘zing-chi?
— Meni ham biznesim bor. Senda nima biznesi?
— Shahar markazida restoranim bor. Kunduzi besh-oltita, kechasi sal ko‘proq mijoz kiradi. Senda-chi?
— Menda tumonot odam navbatda turadi. Kelajakda yana kengaytirishni o‘ylab turibman.
— Havasim kelyapti? Biznesing kattami?
— Juda katta. 2 ta bozorning o‘rtasida somsaxona ochganman!
Chumoli filga turmushga chiqibdi. Ko‘p o‘tmay chumoli yig‘layotganmish.
Fil:
— Nega yig‘layapsan? – deb so‘rabdi.
Chumoli:
— Endi meni farzandlarim ham fil bo‘ladimi? – debdi.
Er:
— Xotin, seni boringga shukur qilaman.
Xotin:
— Sababini ayting!
Er:
— Sababi, shu sen bo‘lmaganingda mahallada meni hech kim yaxshi tanimasdi...