Afandi vrach bo‘lib ishlar ekan.
Bir yigitni boshi og‘rib Afandini yoniga borib debdi:
— Boshim og‘riyapti, - desa, Afandi uni orqasiga ukol qilib qo‘yibdi. Yigit:
— Nega boshim og‘risa, orqamga ukol qildingiz? – deb so‘rabdi.
Afandi:
— Shu ukol boshinggacha chiqib boradi, - dermish.
Kitob do‘konida:
— Kecha men sizlardan “Millioner bo‘lish sirlari” degan kitobni sotib olgan edim.
— Ho‘sh?
— Kitobning deyarli yarmi yo‘q ekan.
— Nima, sizga yarim million yetmaydimi?
Mahallada 20 ta xotin gaplashib o‘tirsa, bir kishi yangi mashina haydab kelib debdi:
— Qaysi biringizni telefoningizda qaynonangizni rasmi bo‘lsa, shu mashina o‘shaniki bo‘ladi.
Afsuski, mashinani hech kim ololmabdi.
Afandining uyiga kelgan mehmon uch kunda ham ketmasmish. Ertalab afandi mushugini urishayotganmish: "Ket! uch kunlik mehmonga o‘xshab o‘tiraverasanmi?!"
Maktabdan qaytgan o‘g‘li onasiga savol beribdi:
— Oyi, nima uchun har bir fandan alohida o‘qituvchi dars beradi?
— Chunki bitta o‘qituvchining o‘zi hamma fanni o‘rgata olmaydi-da, bolam.
— Unda qanaqa qilib bitta o‘quvchi hamma fanni o‘rgana oladi?
Bir podshohning juda aqilli vaziri bo‘lgan ekan. Bir kuni shoh vazirini boplab kalaka qilmoqchi bo‘lib huzuriga chaqirtirib debdi:
— Vazir janoblari, marhamat qilib menga erkak chumolilardan kabob tayyorlab kyelsangiz! Aynan erkak chumolilardan bo‘lsin! Axir siz donishmand a’yonimsiz!
— Xo‘p bo‘ladi olampanoh! – debdi vazir va tushlikka likopchada 5 ta qovurilgan chumolini ko‘tarib kelibdi. Buni ko‘rgan shoh undan so‘rabdi:
— Xo‘sh muhtaram vazir, bularni erkak chumoli ekanligini qanday bildingiz?
— Oddiy, - debdi vazir, - Ertalab chumolilarning uyasini oldiga borib, uyasini buzayotgan edim, mana shu 5 tasi menga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lishdi, - deb javob bergan ekan.
Men uni juda-yam sog‘indim. Biz doim birga bo‘lishimiz kerak. Aslo ajralmasdan bir umr yonma-yon yashashimiz shart! Men va pul – bir butunmiz!
Bir kuni o‘smir yigit bekatda sigaret chekib o‘tirsa, yonidagi qari otaxon unga qarab debdi:
— Chekma bolam! Bu sendan ko‘ra atrofingdagilarga ko‘proq zararli!
Shunda yigit sigaretni otaxonga uzatib:
— Unda siz cheking, - dermish.
Seriallarni ashaddiy muxlisi bo‘lgan qari onaxon tobi qochib uyga vrach chaqirtiribdi.
Vrach onaxondan:
— Nima dorilar ichyapsiz? – deb so‘rasa, onaxon adashib har kuni ko‘radigan seriallarini vaqtlari yozib qo‘ygan qog‘ozchani stol ustidan olib vrachga uzatibdi. Vrach o‘qiyotganmish:
— Zaharli tomchilar – soat 8.00 da, Parchalangan yuraklar – soat 9.00 da, ...
Nabira buvasiga:
— Bobo, 1990-yillar yaxshimidi yoki hozirmi? – debdi.
Buvasi:
— Eh bolam, o‘sha paytlar yaxshi edi-da albatta. Buving yosh va chiroyli edi, - dermish.