Bir kishi o‘rmondan o‘tib ketayotib, daraxtlar ko‘pligidan rosa charchabti. Oxirgi to‘nkaga o‘tirib ichida “Qachon tugarkan bu daraxtlar?!” deb o‘ylanib qolibdi.
Ikkita ovchi ovga chiqib kechgacha o‘lja topa olishmabdi. Ovchilardan biri ochlikdan hushidan ketib qolibdi.
Sherigi tez yordamga qo‘ng‘iroq qilib:
— Do‘stim hushidan ketdi, tez yetib kelinglar! – desa, tez yordamdagilar:
— O‘zi tirikmi? – deyishibdi.
— Bilmayman, - debdi ovchi.
— Biz anig‘ini bilishimiz kerak, - deyishsa, go‘shakni narigi tomonidan bitta o‘q ovozi eshitilibdi.
— Tirik ekan, ingrayapti, - dermish ovchi.
Xodim va rahbar:
— Siz o‘z vazifalaringizni juda yaxshi bajarayapsiz. Oshirishning vaqti keldi menimcha...
— Nimani? Maoshimnimi?
— Yo‘q, ish hajmini!
— Hazrat, agar kechasi xotinimning yuzidan nur yog‘ilib tursa nima bo‘ladi?
— Bu xotining seni telefoningni tekshirayotganini bildiradi.
Ikkita ovsin gaplashib o‘tirishsa biri debdi:
— Hoy ovsinjon, oldingizdan ikkita qop chiqdi. Birida to‘la oltin, ikkinchisida esa aql. Siz qaysi birini olardingiz? – desa, ovsini ham o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lib:
— Men aql solingan qopni olardim, - desa, ovsini:
— Ha, kimga nima yetmasa shuni oladi-da...- dermish.
Kechasi oyoqda tura olmaydigan ahvolda mast bo‘lib kelgan ota xojatxonaga kirib, o‘rindiqqa boshini qo‘yib o‘tirib olsa, hali uyquga yotmagan kichkina o‘g‘li adasini ko‘rib qolib:
— Ada, xojatga teskari o‘tirib oldingiz! - degan ekan.
O‘qituvchi ona tili fanidan "Olmoshlar" mavzusini o‘tibdi.
"Biz" olmoshini tushuntirib berib debdi:
— Uyda yaxshilab takrorlanglar, - debdi.
O‘quvchilardan biri "Biz" olmoshini yaxshilab tushunib olish maqsadida, eshikdan kira solib oshxona tomonga qarab:
— Oyi bizni qornimiz ochib ketdi, ovqat yeymiz, - desa, oyisi sekin oshxonadan boshini chiqarib:
— Hoy o‘rtoqlaring ketsin. Keyin ovqat yeysan. O‘zi ovqat bir kishilik, - dermish.
— Sizning hozirgi moddiy ahvolingiz?
— Do‘konlarga isinib olish uchun kiryapman...
Ikki doktor gaplashyapti:
— Nega siz bemorlaringizni chala davolab, uyga javob beryapsiz?
— Axir men yarim stavkadaman-ku!
Bankomat oldida:⠀
— Qizim hozir plastikdan pul yechamiz va senga shokolad olib beraman, - debdi onasi.
— Oyijon, buni ichida dadam bormilar? – dermish qizi.