70ga kirgan otaxon duo qilib so‘rayapti:
— Menga kuch kuvvat ber, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat, - desa.
Buni eshitgan kampiri:
— Kuch quvvat so‘rayvering, to‘g‘ri yo‘lga o‘zim boshliyman, - debdi
Qo‘shni o‘g‘lingizni tarbiyasi bilan yaxshilab shug‘ullansangiz bo‘lmaydimi? Bemaxalda tungi barlarda, kafelarda daydib yurarkan?!
— Sizga kim aytdi?
— Ana qizim aytdi, har kuni ko‘rar ekan!!!
Vulqonning og‘zini ko‘rgan amerikalik:
— Huddi do‘zahga o‘xshaydi-ya!
Uning gapini eshitib, gid hayratdan qo‘llarini yoyadi:
— Bu amerikaliklar balo-da! Bormagan joyi, ko‘rmagan narsasi yo‘q.
Kechasi er xotin uxlayotsa eshik taqilabdi. Xotin homilador ekan.
— Dadasi turing, eshik taqilayapti, qarab qo‘ying desa,
— O‘zing qaraver, debdi.
— Voy dadasi men, ikkiqatmanku, qo‘rqaman, desa
— Ikkiqat bo‘lib, sen qo‘rqqan, birqat bo‘lib men qo‘rqmaymanmi, dermish
Yangi kelin kuyovga:
— Nuqul dadam bilan karta o‘ynaganingiz o‘ynagan-a!.. Ora-sirada, hech bo‘lmasa, bir marta men tomongayam qarab qo‘ysangiz, kamayib qolasizmi?
— Menga qara, biz dadangnikiga bekorga kelganimiz yo‘q-ku, axir!.. Senga qarayversam, mashinaga pulni qanday yig‘ib olamiz?
Xotin eriga:
— Keling, ertaga ikkimiz "mehmon-mehmon" o‘ynaymiz!
— Ho‘sh, mehmon kim bo‘ladi?
— Albatta, men. Siz mezbon sifatida uylarni yig‘ishtirib, ovqat pishirib turasiz.
— 15 sutkani qanday olding, deb so‘rayapsizmi?
Ko‘chada ketayotgan edim. Ikkita militsiya xodimi kelib:
— Yuring, guvoh bo‘lasiz, - deyishdi.
Shunda tilim qichib:
— ZAGSdan o‘tasizlarmi, - deb yuboribman...
— Qanaqa odamsiz o‘zi? Yana ertalab soat 5da ichib keldizmi?
— Nima qilibdi xotin? Oilam bollarim bilan birga nonushta qilaman deb kelsam buni nimasi yomon?
Dunyoda 6ta jinni bor:
1 - jinni futbolchi - o‘zi tepib, o‘zi quvlaydi.
2 - jinni tikuvchi - o‘zi qirqib, o‘zi yamaydi.
3 - jinni o‘qituvchi - o‘zi bilganini, o‘quvchilardan so‘raydi.
4 - jinni sartarosh - hammani sochini oladiyu, o‘zini sochini boshqaga oldiradi.
5 - jinni tramvaychi - hammani uyga elitib, o‘zi uyga piyoda ketadi.
6 - jinni shu temani o‘kiydi-yu, kulib qo‘yadi.
Bolakay yig‘lab oshxonaga oyisini oldiga bordi.
Oyisi:
— O‘g‘lim nima bo‘ldi, nega yig‘layapsan?
— Dadam bolg‘a bilan qo‘lini urib oldi.
— Shunga ham yig‘laydimi, axir bunga yig‘lash emas, kulish kerak-ku.
— Men ham kulgan edim-da.