Afandi ikki og‘aynisi bilan ovga chiqibdi. Buni qarangki ularning yoniga bir sehrgar kelib:
— Tila tilagingni, agar bajo aylasam, seni joningni olaman, bajo aylay olmasam senga bitmas tugalmas xazina beraman, - debdi.
Shunda Afandining birinchi og‘aynisi:
— Suvdagi baliqni olib ber, - debdi.
Sehrgar buni amalga oshiribdi va uning jonini olibdi.
Navbat Afandining ikkinchi og‘aynisiga yetib kelibdi.
Ikkinchi og‘aynisi:
— Uchib ketayotgan qushni so‘rabdi.
Sehrgar bu tilakni ham amalga oshiribdi va uning jonini olibdi.
Navbat endi Afandiga kelganida, afandi nima deyishni bilmay, havoni buzibdi va shunday debdi:
— Shu havoni menga tutib ber, - debdi.
Sehrgar bu tilakni bajo aylay olmabdi va xazinani Afandiga topshiribdi.
Bir kuni yigit qizga qarab:
— Shirinim meni, asalim, sen osmondan tushgansan, - desa,
Qiz:
— Voy, bo‘larakanu shunaqa shirin gaplar gapirsayam, hadeb so‘kmasdan...
Yigit:
— Ha, faqat yerga beting bilan tushgansanda, - dermish
Sochingiz to‘kilyaptimi? Uni asramoqchimisiz? Do‘konimizga marhamat qiling!
Bizda sochingizni asrash uchun chiroyli qutilar bor.
Kechqurun soqolini olib, atir sepib, galstuk kostyum kiyib olgan er oyna oldida o‘ziga oro berar ekan, xotinidan so‘rabdi:
— Azizim, agar bugun tongacha tungi klubda qolib ketsam qarshimasmisan?
— Ketavering, jonginam, men shoxingizdan ushlab turganim yo‘q-ku...
Diqqat! E’lon! Parashyut sotiladi. Hech qachon ochilmagan..!       
Afandi eshak o‘g‘irlatganini eshitib, uzoq-yaqindan oshna-og‘aynilari kelib ko‘ngil so‘rashdi. Ularga osh-suv qilish uchun Afandining eshak narxidan o‘n hissa ortiqroq puli ketdi. Bu ham yetmaganidek, bir ezma oshnasi kelib Afandiga har turli savollar bera boshladi.
— Afandi, eshagingizni bir kishi o‘g‘irladimi, ko‘pchilikmi, eshakni minib ketdimi, yetaklab ketdimi? Eshak ostonadan o‘ng oyog‘i bilan chiqdimi, chap oyog‘i bilan chiqdimi?
Afandi unga javob berdi:
— Yanagi safar eshak o‘g‘irlatadigan bo‘lsam, sizni aytib kelaman, hammasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz.
Bir jinni jinnixona tomiga chiqib olib tushmayotgan emish, jinnixona xodimlari nima qilishsa ham jinni pastga tushmabdi. G‘azablangan jinnixona boshlig‘i:
— Tush, bo‘lmasa otaman, deb miltiq o‘qtalsa ham tushmabdi. Shu payt o‘sha yerdan bir jinni o‘tib ketayotgan ekan, boshliq unga:
— O‘rtog‘inga ayt pastga tushsin, - debdi.
O‘tib ketayotgan jinni, miltiqni olib:
— Pastga tushmasang otaman - degan ekan tomning boshida o‘tirgan jinni darrov pastga tushibdi.
Undan, shuncha odam aytganida tushmay nega jinni aytganida tushding deyishsa:
— Ahir u jinniku, rostdan otib qo‘yadi - dermish.
O‘g‘ri bir uyga kirib qimmatbaho buyumlarni qopiga joylayotsa, to‘tiqush o‘g‘riga qarab:
— Kesha hammasini ko‘rib turibdi, - debdi.
O‘g‘ri choyshab bilan to‘tiqushni qafasini berkitib, yana ishini davom ettirayotsa, to‘tiqush yana:
— Kesha menmasman, Kesha bu buldog, - dermish.
Ikkita alkash suhbatidan:
— Bilasanmi oshna, hozirgi odamlar juda farosatsiz bo‘lib ketishgan
— Nega unday deyapsan?
— Kecha hushyorlik bilan pivoxonadan chiqayotsam, kimdir qulog‘imni bosib oldi.
Bir yigit suhbatdan o‘tmoqda:
— Nima ish qila olasiz?
— Chuqur kavlay olaman.
— Yana-chi?
— Kavlamasligim ham mumkin.