Men 7 yil ichmadim, chekmadim, qizlar bilan yurmadim, birinchi sinfga bordimu aynidim!!!!
Bemor doktordan so‘rayapti:
— Doktor, men tuzalamanmi?
Doktor:
— Bu narsa o‘zimgayam qiziq...
— Azizam, men bugun tush ko‘rdim. Tushimda hali bo‘ydoq emishman-u, sening qo‘lingni so‘rayotganmishman.
— Xo‘sh, shunga xursand bo‘lib uyg‘ondingizmi?
— Yo‘q... Sen rozi bo‘lmabsan.
Afandi eski devor yonidan o‘tayotgan edi, arilar uni talab qoldi. Afandi qanchalik qochib, arilarni haydasa, ular shunchalik yopishar edilar. Oxiri achchig‘lanib yaxtagini yechdi-da, ari uyaga yaqin borib dedi:
— Chaq-a, padaringga la’nat, armoning qolmasin!
90 ga kirgan otaxon, vrachni oldiga borib:
— Men farzandlik bo‘ldim, - desa
Vrach:
— Yo‘g‘e, bo‘lishi mumkin emas
Otaxon:
— Nega bo‘lishi mumkin emas? — Men ancha tetikman...
Vrach:
— Mayli, men unda sizga bir voqeani aytib beraman. Bir kuni ovchi ovga chiqibdi, ovchi miltiqni olaman deb adashib o‘zi bilan soyabonni olib olibdi. O‘rmonda ketayotganida yo‘lidan bir katta ayiq chiqib qolibdi. Ovchi shoshilib qo‘lidagi miltiqni bir bosgan ekan, soyabon ochilib ketibdi va ayiq o‘libdi!, — desa
Otaxon:
— Yo‘g‘e, uni boshqa birov otib qo‘ygan bo‘lsa kerak!, — desa
Vrach:
— Ha, men ham shuni tushuntirmoqchi bo‘lyapmanda sizga, - dermish.
Er jahl bilan xotiniga:
— Nimaga shimimni faqat yarmini dazmollading? - desa.
Xotini:
— Men sizga 100 marta aytdim, "dazmolimizni simi kalta, boshqa dazmol sotib oling deb", - dermish.
Kechasi Afandining mahallasiga o‘t ketib, aholi qo‘shni mahallaga ko‘cha boshladi. Hamma ko‘ch-ko‘lonini aravaga ortib jo‘naganda, Afandi bir sholcha, ikki ko‘rpa, ikki bolishni orqalab yo‘lga tushdi.
Yo‘lda hammahallalardan biri Afandining ko‘chini ko‘rib so‘radi:
— Bor ko‘chingiz shumi? Bu qanaqa ro‘zg‘or? Afandi javob berdi:
— To‘rt qiz chiqarganning ro‘zg‘ori!
Bir kuni er kechasi ichib kelib tualetga borib xotinini oldiga yugurib kelib:
— Onasi hojatxonaga jin kirib olibdi, - desa
Xotini:
— Nima bo‘ldi? - debdi.
Er:
— Hojatxonani eshigini ochsam, chirog‘i yonayapti, eshigini yopsam chirog‘i o‘chayapti, - debdi
Xotin:
— Obbo, yana sovutgichni hojatxona bilan adashtiribsiz-a, - dermish
Chaqaloq tug‘ilganidan gapirishni boshladi.
Birinchi so‘zi hola ekan, xolasi vafot etibdi.
Keyin tog‘a degan ekan, tog‘asi ham o‘lib qolibdi.
Keyin dada degan ekan qo‘shnisi o‘lib qolibdi.
Eri uyga rosa ham jahli chiqib kelibdi. Xotini ovqatni suzibdi, keyin erini ko‘nglini olish uchun:
— Xo‘jayin, ovqatim shirin chiqdimi?
— Haaa, rosa..., xuddi molni tezagiday shirin ekan, - desa.
Xotiniga ham alam qilib:
— Qoyil-ye dadasi, tatib ko‘rmagan narsangiz yo‘g‘-a.