Kasalxonada haqida latifalar

Shifoxonada davolanib chiqayotib, bir kishi shifokorga minnatdorchilik bildirdi:
— Ming-ming rahmat sizga shifokor-jon! O‘z minnatdorchiligimni qanday izhor qilishni ham bilolmay qoldim…
Unga javoban shifokor ma’noli iljaydi-da, dedi:
— Eh, azizam, bilasizmi, insoniyat pul degan qudratli narsani o‘ylab topganidan beri minnatdorchilik izhor qilish yo‘li osongina hal etilgan.
Operatsiyadan chiqqan bemor o‘ziga kelib, o‘ziga o‘zi debdi:
— Xudoga shukur eson-omon qutuldim.
Shunda yonida yotgan kasal:
— Hali quvonishga erta, meni operatsiya qilishganda qaychini unutib qoldirishgan — debdi.
Ikkinchi bemor:
— Menda vrachni qo‘lqopi qolib ketgandi — deb tursa
Koridordan vrachni ovozi eshitilibdi:
— Hamshirani hech kim ko‘rmadimi?
Kasalxonada bir kishi hamshirani oldiga kelib:
— Menga bemor Axmedov qaysi palatada ekanligini bilib bering
— Dinamitdan portlaganni so‘rayapsizmi?
— Ha, o‘shani
— Travmatologiya, xirurgiya, urologiya va kardiologiya..
Kech kirganida vrach xonasiga bir odam kirib keldi. Vrach bir nimalarni yozayapti. Ahamiyat bermay:
— Qani tezda yechining!
— Nega doktor?
— Yechining tez-tez! Haligi odam qip yalang‘och bo‘lib yechinibdi.
— Nimadan shikoyat qilib keldingiz?
— Shikoyatim shuki, shifoxonangizga ko‘mir olib keluvdim. Tushirib oladigan odam yo‘q.
Bemorni ko‘zdan kechirgan vrach uning xotinini bir chetga imlab chaqiribdi-da debdi:
— Negadir eringiz menga yoqmayapti...
Xotini unga:
— Menga ham yoqmaydi. Lekin nima qilay, juda ro‘zg‘orbop er-da!? – dermish.
Bir ayolni eri jag‘ini sindirib, gipsda kasalxonada yotgan ekan. Ko‘rgani kelgan xotini unga:
— Mana azizim, sizga sabzi, turp, olma, rediska olib keldim. Yeb yoting! Keyingi safar nima olib kelay? - desa,
eri gipslangan og‘zi bilan zo‘rg‘a:
— Yong‘oq olib kel! Chaqib yotaman, - dermish.
— Bu yerda Wi-Fi ni paroli qanaqa?
— Bemor, axir siz reanimatsiyadasiz!
— Voy, namuncha uzun parol!? Mayli, katta harflar bilan yozamanmi?

Karantinga olingan ikkita bemor gaplashmoqda:
— Qanaqa qilib qochamiz karantindan?
— Kasalxona devori past ekan. Devordan oshib qochamiz.
— Devorni o‘zi yo‘q ekan-ku!
— Nima? Tamom! Unda qochishni iloji yo‘q!

Psixoterapevt bemoriga:
— Bir-ikki kunda sizga javob beramiz. Siz to‘liq sog‘aydingiz. Asosiysi, insonlarga "Yo‘q" degan javobni berishni o‘rgandingiz.
— Rahmat doktor.
— Kasalxona uchun pulni plastikda to‘laysizmi?
— Yo‘q!
— Naqd to‘laysizmi?
— Yo‘q!
— Tushunmadim. O‘zi pulni to‘lash niyatingiz bormi?
— Yo‘q!
Shifokor qabuliga kelgan bemordan so‘rayapti:
— Tobingiz qochgan bo‘lsa, sababi bordir? Biror surunkali dardingiz bormi?
Bemor:
— Bor doktor! Menda surunkali pul yetishmovchiligi va atrofda bo‘layotgan voqealardan vahima bor!