Ota-ona haqida latifalar

Bitta yigitdan so‘rashibdi:
— Qaysi oliygohga o‘qishga kirding?
— APEJga.
— Qaysi oliygoh ekan u?
— Adamni puli yetgan joyga! - dermish.
Baqaloq otadan kichkintoy o‘g‘li so‘rayapti:
— Dada, sizdayam "press" bormi?
Ota:
— Press yosh bolalarda bo‘ladi. Kattalarda qorin bo‘ladi, - debdi.
O‘qituvchi savol berdi:
— Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar bu nima Axmat?
— Bu meni dadam!
— O‘tir xazilkash bu nima deganing!?
— Ustoz to‘g‘ri-ku, dadam ichib kelgan kunlari qo‘l oyoqlarini ishlatmay, boshi bilan eshikni surib kiradida uyga...
Bir kuni shiringina Latifa, oyisidan so‘rabdi:
— Oyijon nimaga meni ismimni Latifa qo‘ygansiz? - desa
Afandi dadasi:
— Oying Tabassumxon, men Afandi bo‘lganimdan keyin, sen ham Latifa bo‘lasande qizim, — dermish
Afandi dadasiga debdi:
— Dadajon, ikkita yangiligim bor. Biri yaxshi, ikkinchisi yomon. Qaysi biridan boshlay?
Dadasi:
— Yaxshisidan boshlayqol!
Shunda afandi:
— Yangi olib bergan mashinangiz zo‘r ekan. Poygada u bilan albatta sovrinlarni qo‘lga kirita olaman. Yomon xabarni aytsam, shu olib bergan mashinangiz bilan Kaptivani orqasidan yetib olibman, - debdi.
Divanda futbol ko‘rib yotgan otasiga o‘g‘li debdi:
— Adajon, shirin choy ichaman...
Otasi ayyorlik ishlatmoqchi bo‘lib:
— Men ham ichaman... Kel, men senga tayyorlayman, sen esa menga, - debdi.
O‘g‘li shirin choy ko‘tarib kelib:
— Adajon, mana choyingiz! Meniki qani? - desa, otasi:
— Ichgim kelmay qoldi, shuni o‘zing ichaver!!! - dermish.
Beshinchi qavatda yashaydigan ziqna odam o‘g‘liga tufli olib berib debdi:
— Zinadan chiqishda bitta zina tashlab chiqqin, shunda tufliging oradagi zinaga tegmay ishqalanish kamroq bo‘lib uzoqroq chidaydi.
O‘g‘li hop bo‘ladi deb, chiqib ketib bir ozdan keyin shimi yirtiq kirib kelibdi, buni ko‘rib ziqnani joni chiqquday bo‘lib:
— Shiming nima bo‘lib yirtildi?
— Tuflim yanayam ko‘proqqa chidasin deb zinadan ikki zina tashlab chiquvdim, - dermish
Bir kishi Rossiyaga ketmoqchi bo‘lib yo‘lga otlanibdi-da, o‘g‘lini yoniga chaqirib debdi:
— Men ishlash uchun uzoqlarga ketyapman. Onangga qarab yur. Agar begona erkak bilan gaplashsa, hovli etagiga qurgan yangi imoratdan bitta g‘isht olib qo‘yasan. Qaytgach, shu imoratga qarab o‘zim bilib olaman.
Oradan bir yil o‘tib, haligi kishi uyiga qaytsa, o‘g‘li yo‘q emish.
— O‘g‘limiz qani? - deb so‘rabdi xotinidan.
— Jinnixonada yotibdi. Yangi qurgan imoratni yiqitaverib, jonga tegib ketdi, - dermish xotini.
— Bolangizni nimaga buvisi bilan qoldirmaysizlar?
— Chunki u qabristonda bir o‘zi qolishidan qo‘rqadi-da.
Bir o‘quvchi hech cho‘milmas ekan. Undan badbo‘y hid kelarkan. Shunda o‘qituvchisi uning kundaligiga "Ota-ona bolani cho‘miltirishi kerak. Bolangizni badbo‘y hid tutib ketgan», deb yozib qo‘yibdi.
Ota-onadan javob kelibdi: «Bolani o‘qitish kerak!!! Hidlashamas»