Ovqatlanish haqida latifalar
— Sahiyligingizga tasanno! Har safar piyolamga choyni to‘ldirib quyyapsiz...
Mezbon bo‘lsa:
— Ha, choyingizga shakar sola olmasligingiz uchun, - dermish.
— Ho‘sh qizim, maktabingda nima yangiliklar?
Qizi:
— Maktabimiz yonidagi somsaxonada narxlar oshibdi ada...
— Qanday qilib “bonusli somsa” yesam bo‘ladi?
Sotuvchi:
— Go‘shtli somsa deganidan istaganingizcha sotib olib, yeb ko‘rasiz. Agar birorta somsani ichidan go‘sht chiqib qolsa, bonusga yana bitta shunaqa somsa beramiz, - dermish.
— Kabobdan chiqayotgan tutunni hidlaganing uchun pul to‘la! – desa, uddaburon afandi cho‘ntagidan tangalarini chiqaribdi-da, “jaranglatib-jaranglatib” yana cho‘ntagiga solib yo‘lida ketavergan ekan.
— Yo‘q bolam, u go‘shtni qora kunlarga asrab qo‘yganman.
— Choyimga shakar solsam-chi?
— Yo‘q, shakarni ham qora kunlarga saqlayapman.
— Eh-h, tezroq o‘sha qora kunlar kelaqolsaydi...
— Voy qarang, huddi cho‘chqaga o‘xshayman-a..., - debdi xotini.
— Ha! Aniqrog‘i ust-boshiga ovqat to‘kilgan cho‘chqaga..., - dermish eri.
— Ayblanuvchi, nega rafiqangizning jag‘ini sindirdingiz?
— Bilasizmi, janob sudya, musobaqadan charchab uyga keldim, xotinim oldimga ovqat keltirib qo‘ydi-da, o‘zi ro‘paramga o‘tirib olib, qo‘llarini silkitgancha gapiraverdi-gapiraverdi, qo‘llarini u yoqdan-bu yoqqa silkitib, gapiraverdi-gapiraverdi... So‘ng to‘satdan ochilib qoldi!
— Ota sho‘rvangizni go‘shtini menga bering, - desa,
ota o‘g‘liga qarab:
— O‘g‘lim shu go‘shtni yeyman deb bir kosa suv ichdim, - dermish.
— Singlim, echkiga o‘xshab o‘tirishimizzi qara! - desa, singlisi:
— Siz balki echkiga o‘xshab ketyapsiz, men quyonchaman! - dermish.
— Kim meni qahvamni ichdi?, - debdi.
Hamma jim-jit.
— Kim meni qahvamni ichdi?, - deb yana bir martta so‘rabdi.
Yana javob bo‘lmabdi.
Uchinchi martta ham jahl bilan, — Kim meni qahvamni ichdi?, - so‘rabdi.
Bir barzangi yigit o‘rnidan turib:
— Men ichdim, - desa,
— Bulochkani nega yemadingiz?, - dermish talaba.