Ovqatlanish haqida latifalar

Samoda uchayotdan samolyot to‘satdan qulay boshlabdi. Bortdagilarning hammasi parashyutlarda sakrab qolibdi. Faqatgina bitta styuardessa samolyot bilan birga kimsasiz orolga tushibdi. Qiz qo‘rquvdan hushidan ketibdi-yu, o‘ziga kelgach ko‘zlarini ochib qarasa, soch-soqollari o‘sgan bir kishi olovda go‘sht pishirib o‘tirganmush.
— Siz kimsiz? Bu yerga qanday kelib qoldingiz?, - debdi styuardessa.
— Jinoyatchiman. O‘n besh yil oldin jinoyatlarim uchun shu yerga tashlab ketishgan. Jazolashmoqchi edi, mazza qilib go‘shtxo‘rlik qilib yuribman, - debdi haligi odam.
— Menga ham go‘shtdan bering.
— Buni evaziga nima berasan?
— Siz o‘n besh yildan buyon sog‘ingan narsani...
Haligi kishi xursandchilikdan o‘rnidan sakrab turib, qizni quchoqlab olibdi-da:
— Nahotki, nahotki bu yerga NOS olib kelgan bo‘lsang, - dermish.
— Sevgilim, tarelkadagi tort bo‘lagini yeb ko‘r!
— Rahmat qornim to‘q, yemayman.
— Asalim, qara juda shirin tort! Hech bo‘lmasa bir tishlamgina yegin.
— Rahmat, qornim to‘q.
— Ozgina tatib ko‘r.
— Bas qiling! Man soat oltidan keyin hech nima yemayman!
— Tortni tanovul qil ahmoq. Uni ichida uzuk bor! Sanga uylanmoqchiman-ku tushunmayapsanmi. Romantikani ham beliga tepding!
Bir kuni Afandi somsa yeb o‘tirib so‘ka boshlabdi. Somsachi kelib unga nega so‘kyapsiz desa
— Yo‘q, men sizni emas, xotinimni so‘kyapman debdi. U har kun aytardi — menga go‘sht olib keling, men somsa qilaman — dyeb, mana, piyozdanam shirin somsa bo‘larkanu.
Ota-bola mehmonga borishibdi. Bolasi dasturxondagi uzumdan olib yebdi-da otasiga:
— Dada, uzumda “U” vitamini bor. Yeb turish kerak! – debdi.
Yana birozdan so‘ng:
— Dada, yong‘oqda “Yo” vitamini bor. Yeb turish kerak! – deb yong‘oqni paqqos tushiribdi.
Mezbondan uyalib turgan dadasi, uy egasi tashqariga chiqishi bilan o‘g‘liga bir tarsaki tushiribdi-da, debdi:
— O‘g‘lim, tarsakida “T” vitamini bor. Yeb turish kerak!
Kafeda ovqatlanib o‘tirsam, yonimga bir yigit kelib, — Sizni o‘rningizga men to‘lasam maylimi? - degan edi
Sumkamdan gaz, suv, elektr energiyasi uchun kvitansiyalarni olib, qo‘liga tutqazdim!
Xotin eriga:
— Azizim, qaymoq tugadi!
Eri:
— “Tugadi” emas, “Tugatdim” degin. Qachon vijdon bilan gapiradigan bo‘lasan-a?
— Menga 2kg olma bering.
— Eron olmasidan beraymi yoki Turkiyanikidanmi?
— Menga farqi yo‘q, men ular bilan gaplashmiman, yeyman xolos
Bir kuni ota-bola baliq oviga chiqishibdi.
— O‘g‘lim, menga nonni ber. Hozir baliqlarni bu yerga chaqiramiz, - debdi otasi.
— Nonni yeb qo‘ydim dada, - debdi o‘g‘li.
— Unda bo‘tqani ber.
— Uni ham yeb bo‘ldim.
Jahli chiqqan ota:
— Ma ol, chuvalchanglarni yeb qo‘ysang tezroq uyga qaytamiz, - debdi.
Bir koreys O‘zbekistonda yashayapti. Bir kun uning o‘zbek do‘sti bir itni qo‘liga tutqazdi va dedi:
— Tag‘in biror nima qilib qo‘ymagin-a!
Koreys itni olib ketdi va bir haftadan so‘ng do‘sti uning uyiga keldi. Qarasa it yo‘q. It qani deb so‘rasa, qochib ketdi deb aldadi. Aslida esa u itni so‘yib yeb qo‘ygan edi.
Exx dedida yana bir itni tutqazdi va o‘sha gapini uqtirib ketdi. Koreys itni yana yeb qo‘ydi va yana turli bahonalar bilan aldadi.
Uchinchi marotabasida o‘zbek koreysni qo‘liga itni tutqazayotib shunday dedi:
— Yana buni ham yeb qo‘ymagin. Bizda it va kuchuklarni yeyishmaydi. Sen ham o‘zbeksan, o‘zbeksan, o‘zbek, o‘zbek!
Koreys itni olib ketgach, qani buni nima qilarkin deb ortidan kuzatsa, koreys itni oldiga qo‘yvolib:
— Sen it emassan, sen qo‘ysan, sen qo‘ysan, qo‘y, qo‘y - deb turganmish.
Bir chukcha yozda O‘zbekistonga mehmon bo‘lib kelibdi. O‘zbek chukchaga dasturxon yozib mehmon qilibdi.
Vaqt o‘tib o‘zbek xam Chukotkaga mehmonga borsa, dasturxonda sovuqda muzdek suv turgan ekan o‘zbek:
— O‘zi 30 daraja sovuq bo‘lsa. Bu nimasi? - desa, chukcha:
— O‘zing 40 gradus issiqda menga qaynoq choy uzatganding, oling sovumasin deb... Esingdami? - dermish.