Qariyalar haqida latifalar

Avtobusda ketayotgan ayolning yonidagi nabirasi kutilmagan savollarni bera boshlabdi:
— Buvijon, yoshingiz nechida?
Ayol atrofdagilardan xijolat bo‘lib nabirasini chalg‘itsa ham bolakay xiralik qilaveribdi:
— Yoshingiz nechida buvijon? Ayting. Mayli, birinchi raqamini ayting!
— Olti, - debdi ayol.
— Ikkinchi raqami-chi?
— Besh, - debdi ayol.
— Uchinchi raqami-chi? - debdi bolakay yana.
Mashina yo‘lida odamlar to‘planib turishsa, o‘tib ketayotgan kampir:
— Nima bo‘ldi? - deb so‘rabdi.
Shu yerda turgan odam:
— Bir talabani mashina urib ketibdi, - debdi.
Kampir xotirjam turib debdi:
— Hayriyat-yey! Men odamni urib ketibdimi debman...
Ikkita ovsin o‘tirvolib, bittasi kularmish, ikkinchisi yig‘larmish.
Bittasi qaynonasi zinadan yiqilib tushgani uchun kularmish.
Ikkinchisi nega yig‘layotganiga tushunmadingizmi?
U qaynonasi yiqilib tushganini ko‘rmay qoldim deb yig‘larkan.
Bir otaxon yosh yigitlarga:
— Chiroyli, ammo ochiq-sochiq kiyingan qizlarni ko‘rsangiz, tavba deb teskari qaranglar, - nasihat qilib tursa, yigitlar hammasi birdaniga:
— Tavba, tavba! - deb yuborishibdi.
Otaxon bo‘lsa:
— Qani? Qayerda? - debdi.
Avtobusda:
— Xolajon, sumkangiz ochilib qolibdi.
— Voy bolajonim rahmat! Boshqa bir insofsiz bo‘lganda hamyonimdagi pullarni o‘g‘irlab olardi.
— 100 ming so‘m ham pul bo‘ptimi xolajon?!
Meni buvam Titanik cho‘kib ketishi haqida ogohlantirgan edi!
"Hozir aysbergga uriladi! Hozir cho‘kib ketadi" deb rosa baqirgandi. Lekin uni kinoteatrdan haydab chiqarishdi-da!
Kampir:
— Chol, nimani o‘ylayapsiz?
Chol:
— Sen o‘ylayotgan narsani.
Kampir:
— O‘ling-yey, uyatsiz!
Xudo xohlasa shu 2020 yildan eson-omon o‘tib olsam, nevaralarimga 2019 yildan keyin 2021 yil kelgan deb aytaman!
Qari otaxon nabirasi bilan ovqatlanib o‘tirishsa, nabirasi gapirmoqchi bo‘lib, endi og‘iz ochsa, bobosi:
— Ovqat paytida gapirib bo‘lmaydi, - deb tanbeh beribdi.
Ovqatlanib bo‘lgach, "Endi gapir" desa, nabirasi:
— Boya ovqatingizga pashsha tushib qolgandi, shuni aytmoqchi edim, - dermish.
Er xotiniga "E onangni..." desa, mehmonxonadan qaynonasi chiqib "Ha kuyov?! Men kelganimni qayerdan bildingiz?" debdi.