— Do‘stim, men kitob o‘qiganimda shunchalik ko‘p bilimlar miyamga kiradi-ki ...
— Seni miyangda bo‘sh joy ko‘p-de o‘zi, o‘rtoq!!!
Bir kuni samolyotda uchayotgan odam hadeb, — Ey xudo, ishqilib samolyot qulab tushmasin, - deb nola qilaveribdi. Yonida o‘tirgan yo‘lovchilardan birining jahli chiqib, — nega hadeb ming‘illayverasiz?! Men samolyotlarda ko‘p uchganman, u ishonchli, hech narsa qilmaydi!, - debdi. Qo‘rqayotgan yo‘lovchi yana gapira boshlabdi:
— Do‘stim, siz bilmaysiz! Velosipedga o‘tirsam, pedali sinib ketadi. Taksiga o‘tirsam, tormozi ishdan chiqadi. Avtobusni esa baloni teshilib qoladi, - debdi.
Shu payt salonga styuardessa kirib:
— Hurmatli yo‘lovchilar! Samolyot tinch okeaniga qulamoqda. Hozir har biringizga xushtak tarqataman. Uni chalsangiz, sizga akula hujum qilmaydi, - debdi.
Boyagi yo‘lovchi jon holatda:
— Ana ko‘rdingizmi?! Hozir menga berilgan xushtak yo ishlamay qoladi, yoki akulaning quloqlari kar bo‘ladi, - dermish.
Kunlarning birida Putin pokemonlarni ovlash uchun chiqmoqchi bo‘libdi. Shu kuni Rossiya yo‘llari shunaqangi tez ta’mirlanibdiki, hali bunaqasi davlat tarixida bo‘lmagan ekan.
O‘g‘li otasiga debdi:
— Dada, men uylanmoqchiman!
Otasi:
— Avval kechirim so‘ra.
— Nimaga?
— Sen avval kechirim so‘rashing kerak!
— Lekin nima uchun kechirim so‘rayman? Gunohim nima?
— Uzr so‘ra!
— Nima qildim? Sababini ayting!
— Uzr so‘ragin.
— Xo‘p mayli, kechiring dada. Endi sababini aytarsiz?
— Ana endi uylansang bo‘ladi. Hech qanday sababsiz uzr so‘rashni o‘rganib olding. Bu uylanganingda juda kerak bo‘ladi.
Bir kuni afandi cho‘lda ketayotsa, oldidan sehrli ko‘za chiqibdi. Afandi ko‘zani ishqalabdi. Ichidan katta jin chiqib:
— Amringizga muntazirman, - debdi.
— Uyga ketgim kelyapti, - debdi afandi.
— Unda ketdik, - debdi jin.
— Tezroq ketgim kelyapti, - desa
— Unaqada yugurdik, - dermish jin...
To‘qqizinchi sinfgacha aroq bilan pivoni aralashtirganlar, sal keyinroq beton aralashtirib yuradilar.
Uchrashuvga chiqqan yoshlar suhbatlashmoqda:
— Qayerda ishlaysiz?, - so‘rabdi qiz.
— Yoqilg‘i quyish shahobchasida, - javob beribdi yigit.
— Qo‘lingizdan yana biror nima keladimi?
— Ha. Benzinning hidi keladi.
DAN xodimi bir avtomobilni to‘xtatib, yukxonasini ochib qarasa, ichida o‘nta pichoq turgan ekan. Haydovchiga qarab:
— Shuncha sovuq qurolni nima qilasiz?, - debdi.
Haydovchi:
— Men sirkda ishlayman, - deb pichoqlarni olibdi-da, janglyorlik qila boshlabdi.
Ko‘chadagi boshqa mashinada o‘tib ketayotgan haydovchilardan biri yonidagi xotiniga qarab, qo‘rquv bilan:
— Qara xotin, yaxshi-yam ichishni tashlaganim. DAN xodimlarida yangi test chiqibdi, - dermish.
Ikki talaba turmush quribdi. To‘yda kelin hech narsa yemay o‘tirsa, bir mehmon so‘rabdi:
— Nega bu kelin hech narsa yemaydi-yam, ichmaydi-yam?
O‘tirganlardan biri:
— Chunki u pul qo‘shmadi-da!
Bir boy odam xotiniga qo‘ng‘iroq qilib:
— Azizam, gaplarimni eshit! Meni biznesim tamom bo‘ldi, inqirozga uchradi. Endi meni hech narsam yo‘q!
Eri ishdan qaytib kelsa, uyda xotini yo‘q emish. Hamma narsalarini yig‘ishtirib, ketib qolibdi.
Eri bo‘lsa:
— Ey, jin ursin bunday ahmoqni. Hazilni-yam tushunmaydi o‘zi bu!, - dermish kulib.