Ahmad, Shuhrat va Shavkat degan bezori yigitlar yarim tungacha ichib o‘tirib, mast holatda uxlab qolishibdi. Uchchalasi ham bir xil tush ko‘rishibdi. Tushida farishta qabuliga navbatda turishgan ekan. Birinchi bo‘lib Ahmadga kiribdi:
— Mana bu qalin kitobga seni gunohlaring yozilgan. Shu kitob bilan boshingga uraman. Yiqilsang, do‘zzaxga tushasan, - debdi farishta Ahmadga.
Ichkaridan “gurs” etgan tovush eshitilibdi. Birozdan keyin Ahmad emaklab, zo‘rg‘a chiqib kelibdi.
Ikkinchi bo‘lib Shuhrat kiribdi. Ichkaridan yana “gurs” etgan ovoz kelib, Shuhrat ham emaklab chiqib kelibdi.
Oxirgi bo‘lib Shavkat kirib ketibdi. Anchagacha hech qanday ovoz eshitilmabdi. Bir vaqt ichkaridan Shavkat kulib chiqibdi.
— Nima, seni urmadimi? – deyishsa,
— Yo‘q, kitobni og‘irligidan ko‘tara olmadi, - dermish.
Otasi o‘g‘liga:
— Bu yil ham o‘qishga kira olmasang, otam dema meni! Seni tanimayman!
Imtihonlar tugagach, adasi o‘g‘lidan so‘rabdi:
— Ho‘sh o‘g‘lim, imtihonlar qanday o‘tdi?
O‘g‘li esa:
— Kechirasiz, sizni tanimayroq turibman, kimsiz?
— Azizim, negadir kechasi uxlab, orom ololmayapman!?
— Bu tabiiy hol. Yovuzlik o‘zi hech qachon tinchimaydi.
Sud jarayoni. Sudya:
— Siz qaynonangizni bo‘g‘ib o‘ldirganlikda ayblanasiz! O‘zingizni oqlash uchun biror narsa deya olasizmi?
Aybdor:
— Bunaqa bo‘ladi deb hecham o‘ylamagandim! Qaynonamni burni qonayotgandi, qon to‘xtasin deb tomog‘idan birpas siqib turdim xolos!
Er xizmat safaridan qaytib kelib, kiyimlarini olish uchun shkafni ochsa, u yerda begona bir kishi o‘tirganmush.
— Nima qilyapsan bu yerda?!, - desa
— Pokemon qidiryapman, - dermish.
Qari chol aerodromga kelib uchuvchiga:
— Iltimos, meni kampirim bilan samolyotingda uchirib kelgin.
— Buni iloji yo‘q!
— Yo‘q dema bolam. Shu yoshga kirib, hali biror marta-yam osmonda uchmaganmiz. Samolyotga chiqish orzuimiz bor!
Uchuvchi rozi bo‘lib, chol va kampirni samolyotga chiqaribdi-da debdi:
— Faqat bitta shartim bor otaxon, agar baqirsangiz shu zahoti yerga qaytamiz.
— Xo‘p, baqirmayman, - debdi chol.
Samolyot havoga ko‘tarilibdi. Uchuvchi bor mahoratini ko‘rsatib, eng yuqori balandlikka chiqibdi. Tepaga , so‘ng zudlik bilan pastga sho‘ng‘ibdi, bir tomonga qayrilib uchibdi. Samolyotni charxpalak singari aylantirib tashlasa ham, chol-kampir indamasmish.
Yerga qo‘ngach, uchuvchi cholga qarab:
— Ha otaxon, qo‘rqmadingizmi? Rostini ayting, baqirib yuboray dedingizmi?, - desa, chol:
— To‘g‘risini aytganda, kampirim samolyotingdan tushib ketganda sal baqirib yuboray dedim bolam, - degan ekan.
Kechasi xilvat ko‘chada:
— Kechirasiz og‘ayni, chekishdan topilmaydimi?, - debdi mast bir kishi o‘tib ketayotgan yigitga.
— Men chekmayman. Uch kundan beri aytyapman, men sportchiman. Sigaret yo‘q menda!
— Iye, tanimabman qarang! Boy bo‘larkansiz...
Bir yigit do‘stiga:
— Qayerdasan? Qachon kelasan?
— Bo‘ldi, mana yetib keldim. Uyingni yonginasidaman...
— Yolg‘onchi, sen uy telefoningda gaplashib turibsan-ku!
— Azizim, tushimda menga tilla uzuk sovg‘a qilganmushsiz...
— Aytganlarimni qilib, yaxshi bo‘lib yursang, yaqinda tilla bilakuzuk ham sovg‘a qilaman, tushingda!
Bir yigit daryo bo‘yiga cho‘milishga kelibdi. Qarasa, yon-atrofda hech kim yo‘q. Yalong‘och bo‘lib cho‘milmoqchi bo‘libdi-da, kiyimlarini qirg‘oqqa yechib, suvga sho‘ng‘ibdi. Qaytib chiqib qarasa, qirg‘oqda kiyimlarini oldida bir qiz o‘tirganmish. Yigit nima qilishini bilmay, suv ichida suzib yuraveribdi-yuraveribdi. Muzlab qolay degan yigit oxiri daryo tubidan eski bir tog‘orani topib chiqibdi. Tog‘ora bilan o‘zini biroz berkitib, pana qilibdi-yu, qizning yoniga boribdi:
— Yaxshi qiz nima o‘qiyapsiz?
— Kitob!
— Qanday kitob ekan?
— Mantiq!
— Mantiq nima o‘zi?
— Mantiqiy fikrlash to‘g‘risidagi fan mantiq deyiladi. Odamni nima haqida o‘ylayotganini osongina topish mumkin.
— Unaqada ayting-chi, hozir men nimani uylayapman.
— Siz qo‘lingizdagi manavi tog‘orani tagi butun deb o‘ylayapsiz, yaxshi yigit!