Afandi haqida latifalar

Bir kuni Afandi yo‘lda ketayotib, "patinka cho‘tka" topib olibdi.
Asta qo‘liga olib:
— Tovba, taxtaga jun chiqibdi, - debdi-yu, tashlab ketvoribdi.
Bir kuni Afandi yo‘lda ketayotsa svetoforda bir o‘ta zamonaviy qiz mashinasi bilan kelib to‘xtabdi
Afandi ko‘rib:
— Voy-bo‘, buncha chiroyli. Bunaqasini hali ko‘rmagandim, - desa
Haligi qiz:
— Ma’lumot uchun, meni onam shunaqa chiroyli tuqqanlar, onam ham juda go‘zal ayollar, - desa
Afandi:
— Sen onasini qayerdan bilasan? Bu chet elda ishlab chiqarilgan mashina-ku, - dermish
Bir dehqon eshak minib shaharga kelar edi. Ittifoqo eshagi xonning arki yoniga kelganida hangrab yubordi. Ark tepasida turgan xon achchig‘lanib, dehqonni darralashga buyurdi.
Hukm ijro qilindi. Ezilgan dehqon hangi eshakdan qutulish uchun uni bozorga olib kirib, Afandini ko‘rdi-da, boshiga tushgan hodisani so‘zladi.
— Qo‘y, bunga hafa bo‘lib eshagingni sotma, - dedi Afandi, - hamma eshak ham eshakni ko‘rganda hangraydi!
Bir kuni Afandi osh qilmoqchi bo‘libdi, qarasa muzlatgichda go‘sht qolmagan ekan. Jahli chiqqan Afandi shartta qo‘liga pichoqni olib, shimini yechibdi-da... Boshqa shimini, kiyib qassobxonaga ketibdi.
Podsho Afandini bir kuni ovga olib chiqdi. Bir manzilda Afandini masxaralash uchun otining pastki labini kesib qo‘ydi. Afandi buni fahmlab qoldi-yu, borib podshoning otining dumini kesib qo‘ydi.
Ovdan qaytishda podsho orkasiga qarab Afandiga dedi:
— Afandi, otingiz nega kulayotibdi?
Afandi darhol javob qaytardi:
— Taqsir, otingizning keti ochilib qolibdi, shunga kulyapti.
Afandining uyiga kelgan mehmon uch kunda ham ketmasmish. Ertalab afandi mushugini urishayotganmish: "Ket! uch kunlik mehmonga o‘xshab o‘tiraverasanmi?!"
Afandi vrach bo‘lib ishlar ekan.
Bir yigitni boshi og‘rib Afandini yoniga borib debdi:
— Boshim og‘riyapti, - desa, Afandi uni orqasiga ukol qilib qo‘yibdi. Yigit:
— Nega boshim og‘risa, orqamga ukol qildingiz? – deb so‘rabdi.
Afandi:
— Shu ukol boshinggacha chiqib boradi, - dermish.
Bir odam Afandiga:
— Yangisidan eshitaylik... – desa, Afandi:
— Ertalab nonushta qilib o‘tirsam, tepa tishim bilan past tishim bitta non ustida urishib yotibdi, - debdi.
Bir kuni Afandi somsa yeb o‘tirib so‘ka boshlabdi. Somsachi kelib unga nega so‘kyapsiz desa
— Yo‘q, men sizni emas, xotinimni so‘kyapman debdi. U har kun aytardi — menga go‘sht olib keling, men somsa qilaman — dyeb, mana, piyozdanam shirin somsa bo‘larkanu.
Afandining xunukroq bir xotini bor ekan. U do‘stlarini yonida xotinini "go‘zalim”, "quyoshim” derkan. Bir kuni Afandidan do‘sti so‘rab qolibdi.
— Do‘stim, xotining chiroyli bo‘lmasa, nega endi uni "go‘zalim”, "quyoshim" deysan?
— Bilasanmi, quyoshga qarab bo‘lmagani kabi bizning xotinga ham qarab bo‘lmaydi-da!