Afandi haqida latifalar
— Menga bir bahaybat, qopag‘on it topib keling!
Afandi esa, buyruqning aksini qilib, yuvosh bir it topib keldi. Hokim Afandini koyidi:
— Men sizga «qopog‘on it topib keling!» desam, juda yuvosh itni olib kelibsiz.
Afandi beparvo javob berdi:
— Taqsir, xotirjam bo‘ling, bu janoblarining oldida besh-olti kun tursa, o‘zlaridan ta’lim olib, zanjirini ham uzadigan bo‘lib ketadi.
— Afandi, ustingizdagi bir eshakning yuki bo‘ldi-mi? - dedi.
Afandi darhol:
— Yo‘q, shohim, ko‘rib turibdilar-ku, ikki eshakning yuki! - deb javob berdi.
— Biz bugundan boshlab Nasriddin Afandini eshak boshilik martabasiga muvofiq ko‘rdik...
Afandi o‘rnidan turib poshshoga ta’zim qildi va borib taxtdan ham yuqoriroq bir joyga borib o‘tirdi.
— Ha, Afandi, — dedi poshsho,— nima uchun mendan ham yuqoriroqqa o‘tirdingiz?
Afandi qo‘lini ko‘tarib dedi:
— Taqdirga tan bering, shohim! Men o‘z vazifamni bajarishga kirishdim!
— Afandi, janoza o‘qilayotganda tobutning o‘ng tomonida turgan savobmi, chap tomonida?
Afandi javob berdi:
— Ikkala tomonida tursang ham savob, faqat tobutning ichida bo‘lmasang bas!
Boy afandini kamsitmoqchi bo‘lib:
— Ha, afandi, senmiding? Men bo‘lsa mol kelyapti deb o‘ylabman, - desa, afandi hozirjavoblik bilan:
— Iye, boyota! Men sizni odamga o‘xshatib yuboribman, siz ekansiz-ku, - degan ekan.
— Sen nima deysan?, - desa Afandi:
— Bunaqa rasvo she’rni eshitmaganman, - debdi.
Podshohni jahli chiqib, zindonga tashlabdi. Bir haftadan keyin Afandini shohni yoniga olib borishibti. Podsho yangi she’rni o‘qib berib, — Qalay chiqibdi?, - desa, Afandi indamasdan o‘girilib ketayotganmish.
Podshoh:
— Qayoqqa?, - desa, Afandi:
— Zindon qayerda edi, - dermish.
— Qara, odam ham shunaqa xunuk, badbashara bo‘ladimi?
— Bir marta oynaga qarab shuncha xafa bo‘lasiz,— javob berdi Afandi,— o‘lmagan bizning jonimiz: har kun sizni o‘n marta ko‘rsak ham chidab yura beramiz.
— Nega cho‘ntagimga choy quyyapsiz?
— Cho‘ntagingiz qand-qursni ko‘p yeb chanqab qolgandir,— dedi Afandi.
— Onam tug‘may o‘lsin, sizga tegib hech halovat ko‘rmadim! Odamlarning eri har ko‘chaga chiqqanda hech bo‘lmasa mozi ko‘tarib keladi, siz bo‘lsangiz so‘ppayib kirib kelasiz!
— Hmm... shuni ayting, taqdir ekan-da!
— Qanoatli xotinni topib olib qadriga yetmaysiz. Mendan boshqa xotin bo‘lganda nikoh kechasi siz bilan janjal boshlar edi.
— Ofarin,— dedi Afandi. — O‘rtamizda tinch o‘tgan kun o‘sha kun edi!