Afandi haqida latifalar

Afandi davrida bir vazir maqtanchoqlikda dong qozongan ekan.
"Hamma ishni qila olaman, qo‘limdan hamma narsa keladi" deb maqtanarkan.
Bir kuni Afandi o‘sha vazirni oldiga kelib, hushtakni uzoq chalibdi-da:
— Endi mana shunga vergul qo‘yib bering-chi! - debdi.
Bir kishi to‘y qilmoqchi bo‘lib, afandiga to‘yga aytishni buyuribdi.
Afandi boyni uyiga borib, to‘yga aytsa, boy:
— To‘yga aytishga tuzukroq odam topilmadimi? - debdi.
Afandi boyga qarab turib:
— Tuzukroqlar tuzukroq odamlarnikiga aytishga ketdi-da boy ota, - degan ekan.
Afandi mashinasini hamma oynalarini jazirama issiqda ham berkitib yurarkan.
Nimaga deysizmi?
Odamlar afandini mashinasida konditsioner bor ekan deb o‘ylashlari uchun...!
Afandi mashinasini oynalarini berkitib yurarkan.
Nimaga deysizmi? Odamlar afandini mashinasida konditsioner bor deb o‘ylashsin derkan.
Bir kuni kishi afandini oldiga kelib maslahat so‘rabdi:
— Afandi janoblari, men yaqinda uylandim. Lekin xotinim cho‘loqligini uylangach bildim. Endi ajrashaymi? Nima qilay?
Afandi kulib debdi:
— Agar xotining bilan yugurish musobaqasini o‘ynamoqchi bo‘lsang albatta ajrashasan-da!
Afandini yaxshi ko‘rgan iti o‘lib qolibdi.
Qo‘shnilari afandini masxara qilib, darvozasi yonidan o‘tib ketayotib:
— Ha afandi, itingiz o‘lib xafa bo‘lmay o‘tiribsizmi? - deyishsa, afandi:
— Kiringlar! Do‘stingiz o‘tgan joylar, biroz xotirlab ketasizlar, - degan ekan.
Dushmanlar uchta razvedkachimizni ushlab olishibdi.
Birinchisi maxfiy parolni 2 soatda aytib qo‘yibdi. Ikkinchisi 5 soatdan keyin qiynoqqa chidolmay aytib beribdi.
Uchinchisi urushga borgan Afandi ekan. Afandini bir kun qiynashsa ham aytmabdi, ikki kun qiynashsa ham aytmabdi.
Yerto‘laga tashab qo‘yishsa, boshini devorga urib "Esla, esla!" dermish.
— Nega boshingni urasan? - deyishibdi.
Afandi:
— O‘zimam esimdan chiqarib qo‘ygandim-da, - degan ekan.
Qorong‘u ko‘chadan ketayotgan afandini ko‘ziga bir sharpa ko‘rinibdi.
Afandi uni "Odammikan?! It bo‘lsa-chi?!" deb o‘ylabdi-da "Itmisan?" deb baqirgan ekan.
Afandi bozordan go‘sht olibdi-yu, kabob qilishni bilmasmush.
Qassob odam bir qog‘ozga kabob tayyorlash usulini yozib afandiga beribdi.
Yo‘lda afandining qo‘lidan itlar go‘shtni olib qochibdi. Afandi bo‘lsa itlarni orqasidan "Qog‘oz menda qoldi-ku tentaklar!" dermish.
Afandini tobi qochibdi. Lekin tabibga to‘lashga puli ham yo‘q ekan.
Tabibni oldiga kelib:
— Ayting-chi, siz shamollab qolsangiz qanday tuzalasiz? - debdi.
Tabib davolanish sirini ipidan ignasigacha aytib beribdi.
Afandi tabibni gapini diqqat bilan eshitgach, "Rahmat" deb chiqib ketibdi.