Afandi haqida latifalar

Afandi bozordan ikki qop tuz olib eshagini ustiga ortib, o‘zi ham minib kelayotsa, yo‘lda ko‘rganlar “Hoy afandi, insofing bormi? Ikki qop tuz, yana o‘zing ham minib olibsan! Rahming kelsin”, desa, “Ha to‘g‘ri aytasiz birodar deb eshakdan sakrab tushib, eshakdan qoplarni yelkasiga ortib, qayta eshakka minib ketibdi.
Bir kuni afandi mardikor bozoriga borib qarasa, odamlar faqat kuchli, baquvvat yigitlarni ishga olayotgan ekan. Afandi nima qilishini bilmay, hiyla ishlatmoqchi bo‘libdi. Hamma mardikorlarni yig‘ib:
— Hammangizni hozir ishga olib ketishadi, hov anavi yerga borib turinglar, mashina kelsa ketasizlar, - deb aldabdi.
Bir pasta mardikor bozor bo‘shab qolgan ekan, zum o‘tmay afandini bir odam kelib ishlashga olib ketgan ekan.
Afandi daryoda cho‘milayotgan edi, to‘r tashlayotgan baliqchilarni ko‘rib qoldi. Afandi sho‘ng‘ib borib to‘rga kirdi. Baliqchilar to‘rga juda katta baliq ilindi degan xayolda to‘rni tortib olishdi, qarashsa, Afandi iljayib o‘tiribdi.
— Afandi, bizni laqillatib, to‘rda nima qilib yuribsiz?— deyishdi baliqchilar.
— Juda ko‘p yillardan beri baliq bo‘lib, to‘rga tushishni orzu qilib yurar edim, armonda ketmay dedim,— javob berdi Afandi.
Poshsho saroyidagi hamma a’yonlar Afandini yomon ko‘rardilar. Ular poshshoga Afandining ustidan g‘iybat qilishar, uning haqida turli-tuman uydirmalar tarqatishar edi. Biroq Afandi bilan uchrashganlarida hamisha o‘zlari sharmanda bo‘lishardi.
Bir kuni ular to‘planishib poshshoning oldiga kirishdilar-da, Afandining og‘zi sassiqligiga uni ishontirmoqchi bo‘lishdi. Ig‘vo ustiga tasodifan Afandi kelib qoldi. A’yonlarning rangi-quti o‘chib, damlari ichiga tushib ketdi.
Poshsho haqiqatni bilmoqchi bo‘lib Afandidan so‘radi;
— Qani, yaqinroq o‘tirchi, a’yonlar senga qattiq kasallik yo‘liqqan deydilar, rostmi?
— Shohim, ularning hammasi mening qadrdon do‘stlarim, ular yolg‘on gapirishmaydi, eshitaychi, ular nimalar deyishdiykin?
— Bularning aytishlaricha, sening og‘zing yomon sasib ketgan emish.
— Ularning gaplari juda to‘g‘ri, shohim,— dedi Afandi,— hozirgacha men ularning xiyonati, ahmoqona qiliqlarini birovga aytmay ichimga yuta berganimdan, o‘sha illatlar ichimda sasib, og‘zimdan chiqmoqda.
Afandi eshagini yetaklab ketayotsa, oldidan katta amaldor chiqib qolibdi.
— Ha, afandi! Eshagingizni maktabga olib ketyapsizmi? – debdi amaldor kulib.
— To‘g‘ri topdingiz. Maktabga ketyapti. O‘qisin! Yaxshi o‘qisa, kelajakda katta amaldor bo‘ladi, - degan ekan hozirjavob afandi.
Shoh uyida katta bazm beribdi. Bazm avjiga chiqqanda shoh Afandini yoniga chaqirib debdi:
— Hozir hammani oldida menga qarab “Siz juda-yam aqlli podshohsiz” deysan.
Afandi:
— Axir siz juda-yam aqilli podshohsiz-ku, - degan ekan, podshoh bu fikridan qaytib, Afandini donoligiga tasanno aytibdi.
Afandi uyiga usta chaqirib ustaga:
— Sizni qo‘li gul usta deb eshitdim. Hattoki, yo‘qdan bor qilar ekansiz. Meni bir sigirim bor. Unga boshpana qurib bersangiz. Faqat bitta shiferim bor. Nima qilamiz usta, iloji bormi?
Afandi supermarketdan chiqsa, juda ko‘p eshaklar turgan ekan.
O‘zinikini topmoqchi bo‘libdi-da, cho‘ntagidan bir narsani olib tugmachani bosibdi. Bir eshak “Ia-ia...” degan ovoz chiqaribdi.
Tunda afandining sigirini oʻgʻirlab ketishibdi. Ertalab odamlar afandiga “Sigirni mahkam bogʻlash
kerak”, “Ayb oʻzingizda...”, “Devorlaringiz ham past!”, “Ayb oʻzizngizda... Darvozaniyam yaxshi bekitish kerak...”,
“Shunaqayam uxlaydimi odam degan!?” – deyaverishibdi. Shunda afandi ularga qarab:
— Oʻgʻriga-yam ozgina aybni qoldiringlar! - dermish.
Afandi eshagini sotib, kanal ochibdi. Kanaldan ancha pul ishlab, Kaptiva sotib olibdi.
Afandilarga omad!